Samarqand arxeologiya instituti va Koreya madaniy meros agentligi tomonidan tashkil etilgan “Artefaktlarni boshqarish – mahalliy texnik taʼlim dasturi” doirasida “Konservatsiya fani (Boshlangʻich kurs)” mavzusida boshlangʻich amaliy mashgʻulotlari kursi o’z ishini boshladi.

Uncategorized

2024-yilning 1–12-iyul kunlari bo’lib o’tadigan mashgʻulotlarga Samarqand arxeologiya instituti, Samarqand davlat muzey qoʻriqxonasi, Buxoro davlat muzey qoʻriqxonasi, Sanʼatshunoslik instituti va Ichan-qalʼa davlat muzey-qoʻriqxonasi mutaxassislari ishtirok etib, koreyalik va o’zbekistonlik mutaxassislar tomonidan olib borilayotgan nazariy va amaliy mashg’ulotlarda arxeologik topilmalarni restavratsiya va konservatsiya qilish bo’yicha o’z malakalarini oshirishmoqda.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *