Y. G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya institutida 2024 yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan yillik hisobot taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Uncategorized

O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi Y. G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya institutida 2024 yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan yillik hisobot taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
2024-yil davomida institut xodimlari tomonidan Respublikasi bo‘yicha 53 ta arxeologik qazuv va qidiruv ishlari amalga oshirilgan.
Ushbu yilda institutda 174 ta ilmiy ishlar nashr etilgan. Shundan monografiya, risola, to’plamlar-5 ta (2 ta xorijda), xalqaro jurnallarda-35 ta (15 tasi Scopus\Web of Science bazasida), mahalliy nashrlarda-43 ta, xalqaro konferensiyalarda-29 ta, mahalliy konferensiyalarda-62 ta ni tashkil etadi.
Samarqand arxeologiya institutida 3 ta Xalqaro, 2 ta Innovatsion rivojlanish agentligining 2 ta granti amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan, xalqaro grant doirasida 2024-yilda Institut qoshida “Arxeologik topilmalarni restaratsiya va konservatsiya qilish” markazi tashkil qilindi.
Tadqiqot ishlarini ommalashtirish, madaniy meros obyektlarini targʻib qilish rejasi-bo‘yicha Bolonya universiteti bilan hamkorlikda Kofirqala yodgorligini arxeologiya parkiga aylantirish loyihasi YUNESKO ga taqdim qilingan. Reja doirasida 2025-yilning kuzida arxeologiya parkini ochilishi koʻzda tutilgan.
Bundan tashqari Koreya madaniy meros agentligi bilan birga “Qizlartepa” arxeologiya yodgorligini arxeologiya parkiga aylantirish borasida konsepsiya ishlab chiqilmoqda. Loyiha doirasida 2026-yilda yodgorlikni arxeologiya parkiga aylantirish rejalashtirilgan.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *