INSTITUT TARXI



Samarqand arxeologiya instituti 1970-yilda OʻzR FA Tarix va arxeologiya instituti bazasida tashkil etilgan. Institutga 1988-yilda uni tashkil etilishida katta hissa qoʻshgan olim, OʻzR FA akademigi Yahyo Gʻulomov nomi berilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-avgustdagi 485-son qarori bilan Institut Madaniy agentligi tarkibida Samarqand arxeologiya
instituti sifatida qayta tashkil etilgan.

Birinchi o’zbek arxeologi, O’zR FA akademigi
Y. G’ulomov

Samarqand arxeologiya instituti

Institut tashkil topgan vaqtdan boshlab uning asosiy yoʻnalishi qadimgi yodgorliklarni tadqiq qilish, Oʻzbekistonning qadimgi davri yodgorliklarini davrlashtirish, mintaqaning sugʻorilishi tarixi, arxeologik yodgorliklarni restavratsiya va konservatsiya qilishning ilmiy uslublarni ishlab chiqishga qaratildi. Shu bilan bir qatorda Oʻzbekiston halq xoʻjaligi qurilish hududlaridagi tarixiy madaniy yodgorliklar roʻyxatini tuzish ishlarini tashkil etish kabi amaliy ishlar ham olib borila boshlandi.
Institutning ilmiy tadqiqot ishlarining keyingi bosqichi 80- yillardan boshlanib, bu davrda mutlaqo yangicha uslubda qadim tarix bosqichlarining asosiy muammolari – ishlab chiqarish iqtisodiyoti, urbanizatsiya jarayonlarining shakllanishi va rivoji, mintaqalarning madaniy-irrigatsion tuzilishi, moddiy va maʼnaviy madaniyatning oʻziga xosligi masalalarini oʻrganishga eʼtibor qaratilishi natijasida yangi kashfiyotlar qilindi.
Birinchidan, respublikamiz tarixining davriy tizimi ishlab chiqildi, bu boradagi izlanishlar kompleks ekspeditsiyalar tomonidan amalga oshirildi, natijada tosh davridan soʻnggi oʻrta asrlarga qadar boʻlgan davr tarixi toʻliq tiklandi, ushbu davrlar va tarixiy bosqichlarga oid juda katta ilmiy maʼlumotlar va adabiyotlar toʻplandi, Oʻzbekiston halqi milliy merosining juda katta qismi saqlab qolindi.

1990 yil. Samarqand arxeologiya instituti. «Qadimda va oʻrta asrlarda Samarqand madaniyati va
Sugʻdning tarixiy aloqalari» sovet-fransuz kollokviumi ishtirokchilari.

A. Asqarov
(1970-1980 va 1983-1987 yy.)

A.R. Muhammadjonov
(1980-1983 yy)

R.H. Sulaymonov
(1987-1993 yy)

T.Sh. Shirinov
(1993-2004 yy)

A.A. Anarboyev
(2004-2005 yy)

Sh.R. Pidayev
(2005-2009 yy)

A.E. Berdimurodov
(2009-2019 yy)

F.A. Maqsudov
(2019-2020 yy)

M.M. Saidov
(2020-yildan h.v.)

Ikkinchidan, Markaziy Osiyo hududidagi Jayxun va Sayxun oraligʻi qadimgi dehqonchilik va chorvachilik xoʻjaligi beshigi, qudratli shahar hayotining markazi, ilm-fan taraqqiyoti vatani, yuqori madaniy hayot, savdo va hunarmandchilik yurti boʻlganligi koʻrsatib berildi.

Davlatchilik, shaharsozlik muammolarni oʻrganish yuzasidan faoliyat olib borgan bir guruh olimlar (A. Asqarov, Yu. F. Buryakov, R. H. Sulaymanov, M. H.
Isomiddinov, M. I. Filanovich, G. V. Shishkina, T. K. Xodjayov, E. V. Rtveladze) Oʻzbekiston SSR davlat
mukofoti – Abu Rayhon Beruniy ordeni bilan taqdirlandilar.
OʻzR FA aʼzolari A. R. Muhamadjanov va A. Abdulhamidovlar tomonidan Sugʻd va Fargʻona vodiysi sugʻorma dehqonchilik tarixi tadqiq etildi. Ushbu tadqiqotlar natijasida sugʻorma dexqonchi-likning taraqqiyot bosqichlari va uning jamiyat iqtisodiy hayotidagi oʻrni aniqlab berildi.

Doktorlik dissertatsiya himoyasi jarayoni

T. M. Mirsoatov va M. R.Qosimovlar tomonidan togʻkremniy sanoatining paleolit davridan tortib neolit davrigacha boʻlgan rivojlanish bosqichlari oʻrganilgan boʻlsa, akademik Yu. F. Buryakov Toshkent vohasi rangli metallarga ishlov berish tarixini oʻz tadqiqotlarida yoritib berdi.
T. Xodjayov tomonidan Zarafshon, Xorazm, Surxondaryo va Sirdaryo vohalari, Fargʻona vodiysida olib borilgan arxeologik va antropologik izlanishlar natijasida Oʻrta Osiyo, jumladan, Oʻzbekiston

Institut ilmiy jamoasi navbatdagi hisobot yig’ilishidan so’ng mehmonlar bilan birga (2000 yillar)

Institut yetakchi ilmiy xodimlari halqaro hamkorlik muhokamasida

zaminida qadimdan yashovchi aholining asosiy antropologik tiplarini, ularning shakllanish tarixini yoritishga imkon yaratildi.
Mustaqillik yillarida nihoyatda faollashgan tadqiqotlar koʻlami va ularning ilmiy samarasi tufayli, Oʻzbekiston arxeologiyasi dunyo ilmfani darajasiga koʻtarildi. Bu esa, oʻz navbatida, Oʻzbekiston arxeologiyasi uchun dunyodagi yetakchi arxeologiya markazlari bilan ilmiy hamkorlik oʻrnatishga, teng asosda xalqaro shartnomalar tuzishga zamin yaratdi. Ayni paytda, Institut AQSH, Germaniya, Italiya, Rossiya, Fransiya, Yaponiya, Koreya, Xitoy kabi davlatlarning ilmiy markazlari bilan hamkorlikda xalqaro miqyosda arxeologik tadqiqotlar olib borilmoqda.
Institut tomonidan malakali kadrlar tayyorlashga ham katta eʼtibor berilib, oliy taʼlimdan keyingi taʼlim instituti faoliyat koʻrsatmoqda. Bundan tashqari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2024-yil 10-yanvardagi 349/2-son qaroriga asosan institut huzurida 07.00.06-arxeologiya
yoʻnalishida ilmiy daraja beruvchi DSc .01/10.01.2024.Tar.169.01 raqamli ilmiy kengash faoliyat koʻrsatmoqda.