“Turon arxeologiyasi va tarixi” davriy toʻplami Toʻplam 2013-yildan boshlab nashr qilinib, unda Markaziy Osiyoda olib borilgan arxeologik tadqiqotlarning tahliliy natijalari yoritib boriladi. Xronologik jihatdan paleolit davridan soʻnggi oʻrta asrlargacha boʻlgan davrni qamrab olgan toʻplamda shaharsozlik, qishloq madaniyati, meʼmorchilik tarixi, hunarmandchilik rivojlanish bosqichlari, antropologik izlanishlar hamda fanlaro tadqiqot natijalari yoritib boriladi.