O’ZBEKISTON ARXEOLOGIK TADQIQOTLAR

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 31 avgustdagi № 485 sonli qarorida “O‘zbekistonda arxeologik tadqiqotlar” nomli yillik to‘plami chop etib borish nazarda tutilgan bo‘lib, ushbu to‘plam yiliga bir marta nashr etiladi, unda ruxsatnoma va ochiq varaqa asosida dala tadqiqotlarini olib borgan arxeologlarning qisqacha hisobotlari (maqolalar) nashr etiladi.

Ushbu to‘plamda respublikamiz hududida arxeologiya otryadlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlarning umumlashgan ilmiy xulosalari, shuningdek arxeologiya bilan uyg‘unlashgan numizmatika va antropoliyaga oid maqolalarni nashr qilishni maqsad qilingan. Ilmiy tadqiqot natijalari va maqolalarning xronologik doirasi qadimgi tosh asridan so‘nggi o‘rta asrlar davriga qadar uzoq davom etgan tarixiy sanani o‘z tasarrufiga olgan. O‘zbekistonning taniqli, tayanch arxeologik yodgorliklarida o‘tkazilayotgan mahalliy ekspedisiyalar faoliyati bilan bir qatorda xalqaro qo‘shma ekspedisiyalar natijalariga ham to‘plamda alohida e’tibor berilgan. Ushbu to‘plam yiliga 1 ta, o‘zbek, rus va ingliz tillarida nashr etiladi.