INSTITUTNING ASOSIY YOʻNALISHLARI
Institut respublika hududida olib borilayotgan arxeologik tadqiqotlarni ilmiy-uslubiy jihatdan yoʻnaltirish hamda tabiiy fanlarning zamonaviy tadqiqot uslublarini arxeologik izlanishlarga keng joriy qilish faoliyatini amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan davlat ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanib, quyidagilar uning asosiy vazifasi hisoblanadi:
- qadimgi tosh asridan boshlab rivojlangan oʻrta asrlarni oʻz ichiga qamrab olgan Markaziy Osiyoning moddiy va maʼnaviy madaniyati tarixini oʻrganish borasida fundamental tadqiqotlar olib borish;
- tadqiq etiladigan davrlar madaniyatlari xronologiyasini va davrlashtirilishini ishlab chiqish;
- Oʻzbekiston hududini ibtidoiy odamlar tomonidan oʻzlashtirilishini, sivilizatsiyaning shakllanini va uning rivojlanish bosqichlari, ilk shaharsozlik va davlatchilik, qadimgi jamiyatlar dunyoqarashini, jahon dinlarining paydo boʻlishi va rivojlanishini, savdo-sotiq munosabatlari va «Buyuk ipak yoʻli» tarixini oʻrganish;
- hunarmandchilik, metallurgiya va togʻ-kon ishi, arxeologik yodgorliklarni aniqlash, arxeologik adqiqotlar olib borish, xaritaga tushirish va ilmiy muomalaga kiritish;
- respublika hududidagi noyob arxeologik yodgorliklarni ochiq osmon ostidagi muzeylarga aylantirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish;
- arxeologik topilmalarni taʼmirlash uslubi va qadimiy texnologik usullarni tiklash hamda ushbu yoʻnalishda vakolatli organ tomonidan berilgan tegishli ruxsatnomaga ega boʻlgan arxeologiya tadqiqotchilarini jalb qilish;
- arxeologiya sohasida ilmiy kadrlar tayyorlash, Institutning ilmiy yoʻnalishidan kelib chiqib, jahon ilm-fani yutuqlarini oʻrganish, ulardan foydalanish hamda mahalliy va xalqaro miqyosda qoʻshma ekspeditsiyalar tashkil etish.
INSTITUT TUZILMASI

Institutda jami xodimlar soni 92 tani tashkil etadi.
Ilmiy xodimlar-40 ta:
Shundan: 3-fan doktori, 21-fan nomzodi, 9-doktorant va stajerlar
Ilmiy texnik xodimlar soni: -7 ta
Noyob obyektlar fondi mutaxassislari – 8 ta.
Yosh ilmiy xodimlar – 60 % ni tashkil etadi.
Arxeologiya, qadimgi va o‘rta asrlar davri tarixi, O‘zbekiston xalqlari etnogenezi sohasidagi tadqiqotlar, numizmatika, antropologiya, konservatsiya va restavratsiya, arxeologik tadqiqotlarda zamonaviy usullarni qo‘llash
Tadqiqotning asosiy yo‘nalishlari:
- O‘zbekistonning qadimiy tosh davridan rivojlangan o‘rta asrlargacha bo‘lgan davrlardagi moddiy va ma’naviy madaniyati tarixini o‘rganish hamda madaniyatlar xronologiyasi va davrlashtirishini ishlab chiqish;
- O‘zbekiston xududining ibtidoiy odamlar tomonidan o‘zlashtirilishi, sivilizatsiyalar, ilk shaharlar va davlatchilikning shakllanishi, qadimgi jamiyatlar dunyoqarashlari, dunyo dinlarining paydo bo‘lishi va rivojlanishi, hunarmandchilik, metallurgiya va tog‘-kon ishi tarixini o‘rganish;
- Arxeologik yodgorliklarni aniqlash, xaritaga tushirish va ilmiy muomalaga kiritish.