Y. G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti ilmiy yutug‘i

Uncategorized

Samarqand arxeologiya instituti katta ilmiy xodimi Hikmatulla Boqijonovich Hoshimov hammuallifligidagi “From Satellite to Ground: An Integrated Multiscale and Multitemporal Remote-Sensing Workflow for Archaeological Prospection at Zar Tepe (1st–5th Centuries AD) in Surkhandarya, Uzbekistan” nomli ilmiy maqola Web of Science va Scopus xalqaro ilmiy bazalarida indekslanuvchi, Q1 toifasiga kiruvchi nufuzli Remote Sensing jurnalida chop etildi. Mazkur ilmiy tadqiqotda Surxondaryo viloyatida joylashgan Zartepa arxeologik yodgorligi zamonaviy masofadan zondlash texnologiyalari asosida kompleks o‘rganilgan. Jumladan, CORONA va WorldView-3 sun’iy yo‘ldosh tasvirlari, UAV (dron) fotogrammetriyasi, GNSS-PPP, magnitometriya, GIS texnologiyalari hamda arxeologik qazishmalar natijalari o‘zaro integratsiyalashgan holda tahlil qilingan. Instituti jamoasi Hikmatulla Boqijonovich Hoshimovni ushbu yuksak ilmiy yutug‘i bilan samimiy tabriklaydi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *