“Sopollardagi izlar uchun replika metodi” va ”Devorlarni bo’yashda ishlatiladigan material va metodlar tahlili” mavzusidagi seminarlar o‘z nihoyasiga yetdi!
Samarqand va Toshkent shahrida o’tkazilgan seminar mashgulotlariga turli ilmiy tadqiqot muassasalari va oliy o‘quv yurtlarida kelgan professor-o’qituvchilar, tadqiqotchilar va talabalar ishtirok etishdi. 5 kun davom etgan amaliy mashg‘ulotlar va ma’ruzalar davomida ishtirokchilar sopollardagi don qoldiqlari izlarini tahlil qilish metodi, devoriy suratlar bilan ishlash usullari, skanerlovchi elektron mikroskop (SEM) va Arxeologik qoldiqlar organik moddalarini gaz xromatografiyasi (GC-MS) yordamida tahlil qilish usullari bilan tanishishdi.









