YOSH OLIMLAR ILMIY KENGASHI

Y. G`ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti Yosh olimlar kengashi faoliyatining predmet, maqsad va vazifalari

Predmeti: YoOK faoliyatining predmeti yosh olimlarning ijodiy ilmiy faolligining rivojlanishiga ko‘maklashish, shuningdek yosh olimlarning manfaatlarini, mehnat va yashash sharoitlarini yaxshilash, bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanishni tashkillashtirish masalalarini hal etishdan iborat.

Maqsadi: Institut yosh olimlarining kasbiy rivojlanishini faollashtirish, dolzarb ilmiy muammolarni ishlab chiqishda va istiqbolli ilmiy maqsadlarni hal etishda ularning faoliyatlarini birlashtirish, yosh olimlarning innovatsion faoliyatini rivojlantirish; ilmiy kadrlarni tayyorlashda, akademik fanning rivojlanishida, ilmiy maktablarning vorisligini ta’minlashda ko‘maklashish;

Vazifalari: institut yosh olimlarining ilmiy tashabbuslarini ro`yobga chiqarish uchun sharoitlar yaratish; ommaviy axborot vositalarini ta’sis etish va chop etish faoliyatini amalga oshirish (Internet saytlar, jurnallar, to‘plamlar); yosh olimlarning kasbiy o‘sishiga ko‘maklashish; yosh olimlarning xalqaro ilmiy va ijtimoiy forumlarini, konferensiyalarni, seminarlarni va boshqa anjumanlarni tashkil qilish va olib borish; yosh olimlar tomonidan ilg‘or, milliy va halqaro tajriba, yutuqlarni qo‘llash uchun, ilmiy adabiyotlarni chuqur o‘rganish uchun sharoitlar yaratish; milliy va xorijiy fanlarning mashxur olimlari, arboblari bilan uchrashuvlarni tashkil etishga har tomonlama ko‘maklashish;