Mazkur hujjat ikki institut o‘rtasida:
qo‘shma arxeologik va ilmiy tadqiqotlar olib borish,
ta’lim va malaka oshirish yo‘nalishida hamkorlik qilish,
ilmiy tajriba almashish,
tadqiqot natijalarini birgalikda e’lon qilish,
turkiy madaniy merosni o‘rganishga qaratilgan madaniy va ilmiy loyihalarni rivojlantirish
kabi masalalarda o‘zaro anglashuv va hamkorlikni mustahkamlashni nazarda tutadi.



Memorandum O‘zbekiston tomonidan
Dr. Muminxon Saidov,
Samarqand arxeologiya instituti direktori,
Turkiya tomonidan esa
Prof. Dr. Şaban Doğan,
Turkiya Arxeologiya instituti va Madaniy Meros fondi prezidenti tomonidan imzolandi.
Ushbu kelishuv ikki mamlakat ilmiy muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqib, turkiy madaniy merosni chuqur va kompleks o‘rganishga xizmat qiladi.