Samarqand arxeologiya instituti va Madaniy meros agentligi vakillaridan iborat guruh Koreya Respublikasiga tashrif buyurdi.

Uncategorized

Samarqand arxeologiya instituti va Koreya madaniy meros fondi tomonidan 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan “Samarqand madaniy meros resurslarini rivojlantirish va turistik salohiyatini oshirish” loyihasi doirasida Samarqand arxeologiya instituti va Madaniy meros agentligi vakillaridan iborat guruh Koreya Respublikasiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida ikki davlatning madaniy meros sohasidagi faoliyati tajribalari bilan tanishish, tajriba almashish hamda Koreyaning madaniy meros sohasidagi yetakchi ilmiy va o‘quv markazlari bilan tanishish hisoblanadi.
Tashrifning birinchi kuni Daejeon shahridan boshlanib, O‘zbekiston delegatsiyasi Koreya Madaniy meros boshqarmasi direktor o‘rinbosari  bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida ikki tomon o‘zaro hamkorlik, loyihaning faoliyati borasida fikr almashdilar. Shundan so‘ng mutaxassislarning Samarqand arxeologiya instituti, Madaniy meros agentligi hamda Koreya madaniy meros boshqarmasining yo‘nalishi va faoliyatiga bag‘ishlangan  ma’ruzalari tinglandi.

Ikkinchi kundagi tashrif Madaniy meros milliy tadqiqotlar markazida davom etdi. Institut nafaqat madaniy merosni restavratsiya qilish, balki DNK, izotop tahlil, topilmalar tarkibini ilmiy o‘rganish bilan ham shug‘ullanadi.
Kunning ikkinchi yarmida Kongju milliy universiteti madaniy meros kafedrasi faoliyati bilan tanishildi. Universitet madaniy meros sohasida raqamli texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha ilg‘or markazlardan biri hisoblanadi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *