18-mayda Samarqand arxeologiya institutiga Xitoy Xalq Respublikasi Shimoli-g’arbiy universiteti partiya qo’mitasi raisi Jiang Lin va
Universitet qo’shidagi Buyuk ipak yo’li arxeologik tadqiqot markazi direktori Zhao Rong tashrif buyurishdi. Samarqand arxeologiya instituti va Shimoli-g’arbiy universiteti 2013- yildan beri samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Uzoq yillik hamkorlik davomida yurtimizning Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Farg’ona, Namangan viloyatlari hududlarida ko’plab arxeologik loyihalar olib borilmoqda. Uchrashuv davomida tomonlar hamkorlikni yanada rivojlantirish, mutaxassislar almashish, sohaga keng miqyosda zamonaviy texnologiyalarni tadbiq qilish masalalarini muhokama qilishdi.


