Y. G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti tayanch doktorant va ilmiy xodimlari Oliy attestatsiya komissiyasi raisi bilan uchrashuvi

Uncategorized

Joriy yilning 4-mart kuni Samarqand arxeologiya institutida tayanch doktorant va ilmiy xodimlarining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi A.T. Yusupov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu uchrashuvni institut direktori PhD, katta ilmiy xodim Muminxon Saidov kirish so‘zi bilan ochib, Yusupov Axmadbek Tadjievichga tashrifi uchun minnatdorchilik bildirib, Respublikamizda ilmiy faoliyat uchun keng imkoniyatlar yaratilganini ta’kidladi. Oliy attestatsiya komissiyasi raisi o‘z so‘zida yuqori malakali kadrlar tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimida rejalashtirilgan yangiliklar, ilmiy daraja va unvonlarga talabgorlarni attestatsiyadan o‘tkazishni osonlashtirish, tayyorlanayotgan ishlar sifatini oshirish borasidagi tashabbuslar haqida gapirdi.

    Shuningdek, A.T. Yusupov yig‘ilish ishtirokchilariga batafsil tavsiyalar va institutning tayanch doktorant hamda ilmiy xodimlar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berdi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *