✅ Ajratilgan kvotalar;
📌 Tayanch doktorantura (PhD) uchun 3 ta o‘rin;
📌 Stajyor-tadqiqotchilik uchun 1 ta o‘rin;
Tayanch doktorantura (PhD) tanlovida qatnashuvchi talabgorlar tomonidan ixtisoslik bo‘yicha kirish imtihonlari topshirilsa, stajyor-tadqiqotchilik yo‘nalishida ixtisosligi asosida suhbatdan o‘tiladi.
Barcha talabgorlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va Innovatsiyalar vazirligi huzuridagi innovatsion rivojlanish agentligining https://daraja.ilmiy.uz/ veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.
Hujjatlar 2024-yilning 15-sentabridan 15-oktabrgacha qabul qilinadi. Kirish imtihonlari va suhbat jarayonlari joriy yilning 5–25-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.