2024-yilning iyun oyida Toshkent viloyatining Parkent tumanida joylashgan “Kumushkon” mahallasining shimolidagi fermer xo‘jaligiga olib boruvchi yo‘lning qurilishi jarayonida tasodifan qadimgi davrga oid qabr qoldiqlari aniqlangan edi.
Qazishmalar davomida yo‘l ustida yer surish ishlari olib borilayotgan vaqtida hosil bo‘lgan o‘ra aslida yerosti dafn xonasi (katakomba) ekanligi aniqlandi. Mutaxassislar tomonidan bu yerdan dafn buyumlari, temir qilich, bronza uzuk, sopol idish hamda bulla (muhr) topildi.
Hozirgi vaqtda Madaniy meros agentligining moliyaviy ko‘magida hududda Samarqand arxeologiya instituti xodimlari tomonidan arxeologik qazishma ishlari olib borilmoqda.
