Y. G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya institutida O‘zbekiston-Koreya hamkorligida olib borilayotgan ODA (rasmiy rivojlanish ko‘magi) loyihasi doirasida “Arxeologiya merosini boshqarish va topilmalarni ilmiy restavratsiya va konservatsiya qilish markazi”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 13-mart kuni Koreya Respublikasining O’zbekistondagi bosh konsuli janob Kuk Jang Hyun boshchiligidagi delegatsiya, Koreya Madaniy merosdan foydalanish boshqarmasi direktori Chae Su Xi xonim, Koreya madaniy meros fondining xalqaro hamkorlik guruhi rahbari Na Jeonghee hamda Koreya Madaniy meros fondining bir guruh vakillari Samarqand arxeologiya institutiga tashrif buyurishdi.