Ayni vaqtda Samarqand viloyatida joylashgan Kofirqal’a yodgorligida Yahyo G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti va Italiyaning Bolonya universiteti bilan hamkorlikda O‘zbekiston-Italiya xalqaro ekspeditsiyasi arxeologik tadqiqotlarni olib boryapti. Italiyaning Bolonya universiteti professori, arxeolog Simona Mantellinining ta’kidlashicha, bu yerdan noyob qabr-qo‘rg‘onlar aniqlanyapti. Izlanishlar davom etadi.

