Jizzax otryadi tomonidan “Nurafshon” MFY hududida joylashgan Qoratepa yodgorligida arxeologik tadqiqotlar olib borilmoqda.

Uncategorized

Jizzax otryadi tomonidan Zomin tumani Dashtobod shaharchasi “Nurafshon” MFY hududida joylashgan Qoratepa yodgorligida arxeologik tadqiqotlar olib borilmoqda. Qazuv ishlari yodgorlikning shahriston qismi va janubiy-sharqiy mudofaa devorida amalga oshirilib, mudofaa devorining ichki tomonida devoriy surat parchalari qayd etildi. Bugungi kunga qadar Jizzax vohasida joylashgan arxeologik yodgorliklarida devoriy surat namunalari qayd etilmaganligi uchun katta yangilik sifatida e’tirof etish mumkin. Qazuv ishlari davom etmoqda.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *