O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan Surxondaryo viloyati Uzun tumani hududida amalga oshirilgan tadqiqot ishlari davomida 4 ming yillik tarixga ega qabrlar va 2 ming yillik shahar qoldiqlari topildi.
Xususan, izlanishlar davomida turli xil sopol idishlar, qurol-aslahalar, taqinchoqlar, haykalchalar, shaharcha minoralari qoldiqlari hamda turli qadimiy qabrlar aniqlandi. Olimlarning dastlabki xulosalariga ko‘ra ushbu arxeologik topilmalar eramizdan avvalgi II – eramizning III asrlariga oid Qang‘, Kushon va Yuechji (Massagetlar) davriga tegishli ekanligi aniqlangan.
Hozirda hududda O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.
