Suleymanov Rustam Hamidovich – tarix fanlari doktori, professor. R. Suleymanov 1939-yil 30-mayda Toshkentda tug’ilgan.1962-yili Toshkent davlat universiteti tarix fakultetining “O’rta Osiyo arxeologiyasi” kafedrasini bitirigan. 1968-yili “Статистическое изучение культуры грота Обирахмат” mavzusida nomzodlik ishini, 1997-yili “Древняя культура Южного Согда” mavzusida doktorlik ishini himoya qilgan. Beruniy nomidagi davlat mukofoti (1985), O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan fan arbobi unvoni (2008), “Do’stlik” ordeni sohibi (1997). Germaniya arxeologiya instituti muhbir a’zosi. Hozirda O’zbekiston Milliy universiteti tarix fakulteti “Arxeologiya” kafedrasi professori. 200 dan ortiq ilmiy nashrlar muallifi. Asosiy monografiyalari «Статистическое изучение культуры грота Обирахмат», Т. 1972. 170 с. «Древний Нахшаб». Т. 2000. 60 б.т. Ustozni muborak 85 yoshi bilan tabriklaymiz. Ularga sog’lik, ilmiy faoliyatida muvafaqqiyatlar tilaymiz.