Yurtimizning yangi arxeologik yodgorliklar ro‘yxatini shakllantirish lozim

Uncategorized

pop over to this web-site

O‘zbekiston hududida yashagan insonlar qadimda qanday hayot kechirishgani, qachondan uylar qura boshlangani, mahalliy aholi qanaqa udumlar, urf-odatlarga eʼtibor qaratgani va nimalar bilan shug‘ullangani haqidagi arxeologik o‘rganishlar tariximizni yana-da boyitadi.

Arxeologlarning maʼlumot berishicha hali yurtimizda o‘rganilishi kerak bo‘lgan yodgorliklar ko‘p. Ularni o‘rganish va tadqiqotlarni oxiriga yetkazish uchun imkoniyatlar qay darajada? 

Milliy arxeologiya markazi katta ilmiy xodimi Surʼat Kubayevdan ushbu savollarga javob oldik.

Yurtimizda shu davrgacha o‘rganilgan va o‘rganilmagan arxeologik yodgorliklar soni nechta?

Yurtimizda shu davrgacha o‘rganilgan va o‘rganilmagan arxeologik yodgorliklar soni nechta?

Bugungi kunda respublikamizda ayrim maʼlumotlarga ko‘ra, 7 mingta  ayrim manbalarga ko‘ra 5 mingta madaniy meros yodgorliklari bor. Ushbu maʼlumotlarning turli xilligining bir qancha sabablari bor. Yaʼni ayrim maʼlumotlarda faqat arxeologik yodgorliklar nazarda tutilsa, ayrimlarida arxeologik yodgorliklar va tarixiy meros obyektlari nazarda tutiladi. Yana bir sabab esa maʼlumotlarning katta qismi eskiligidadir.

Hozirgi kunga qadar respublikamizning barcha hududlaridagi arxeologik yodgorliklarning yangi ro‘yxati shakllantirilmagan. Mavjud maʼlumotlar o‘tgan asrning 80-90 yillarida amalga oshirilgan arxeologik qidiruv-razvedka ishlari natijasida to‘plangan maʼlumotlarga asoslangan. Respublikamizning ayrim tumanlaridagina yangi qidiruv ishlari amalga oshirilib,  ro‘yxat shakllantirilgan xolos. Shu sababli ushbu yodgorliklarni o‘rganish va saqlash borasida juda katta muammolar kelib chiqmoqda. Jumladan, to‘liq razvedka-qidiruv ishlari amalga oshirilmagani bois ko‘pgina yodgorliklar buzilib ketmoqda.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *