BUXORO FILIALI

Filial Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.08.2022-yildagi 485-sonli qaroriasosida Institutning Buxoro ekspeditsiyasi negizida tashkil qilingan.
Filial Buxoro vohasining tosh davridan rivojlangan oʻrta asrlar davriga qadar boʻlgan moddiy va maʼnaviy madaniyatini oʻrganish, tadqiq etilayotgan davrlarning xronologiyasi va davrlashtirish masalalarini tadqiq qilishga ixtisoslashgan boʻlib, asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilangan:

  • Buxoro vohasida kechgan urbanizatsiya jarayonlari, dastlabki shaharlarning paydo boʻlishi, ularning evolyutsiyasi, moddiy madaniyati va hunarmandchilikning anʼanaviy shakllarini har tomonlama oʻrganish;
  • Buxoro vohasida antropogen landshaftning rivojlanishi, sivilizatsiyalar, ilk shaharlar va davlatchilikning shakllanishi, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar va vohada kechgan tarixiy

Buxuoro otryadi xodimi J. Mirzaxmedov, Sh.Adilovlar Poykend yodgorligida. 1980 yillar

O’q uchi. Poykend yodgorligi


jarayonlarni oʻrganish;
Buxoro vohasi arxeologiya yodgorliklarini aniqlash, tarixiy rekonstruksiya qilish, xaritaga tushirish va ilmiy muomalaga kiritish.
Buxoro vohasidagi keng koʻlamdagi izlanishlar oʻtgan asrning ikkinchi yarmidan boshlagan boʻlib, unda Institutning Buxoro ekspeditsiyasi muhim rol oʻynagan. Oʻtgan vaqt davomida Varaxsha, Vardonze,
Ark, Romitan, Kimerik qum, Ganchtepa, Poykend kabi koʻplab arxeologik yodgorliklarda qazuv ishlari olib borilgan. Keyingi yillarda filial xodimlari tomonidan Buxoro shahri Shahristoni janubiy chegarasida, Mangʻitlar amirligiga oid Qozixona mahkamasida olib borildi. Natijada soʻnggi oʻrta asrlar qozixonasi strukturasi, meʼmorchiligiga oid yangi maʼlumotlar olindi.


Filial keng qamrovli ilmiy aloqalarni yoʻlga qoʻygan boʻlib, hozirgi kunda Oʻzbekiston-Shveysariya (Yevroosiyoni tadqiq qilish jamiyati), Oʻzbekiston – Rossiya (Davlat Ermitaji) va Oʻzbekiston AQSH (Nyu York universiteti) bilan halqaro ekspeditsiyalar tashkil qilgan.

Terakota.
Poykend yodgorligi

Ilk o’rta asrlarga temirdan yasalgan buyum.
Poykend yodgorligi

Ilk o’rta asrlarga oid tanga.
Poykend yodgorligi

Kimerik kum yodgorligida aniqlangan taqqinchoqlar
Buxoro viloyati

Harbiy qurollar. Ilk o’rta asrlar. Poykend yodgorligi


Oʻzbekiston-Shveysariya qoʻshma ekspeditsiyasi Shofirkon tumani Qoʻrgʻon Vardonze yodgorligida dala qazuv ishlarini olib bormoqda. Qazuv ishlarining asosiy maqsadi shahar topografiyasi, mudofaa tizimi, hunarmandchilik, aholi turar joylari, shaharning shakllanish bosqichlarini stratigrafik jihatdan oʻrganish hisoblanadi. Oʻzbekiston – Rossiya (Davlat Ermitaji) bilan hamkorlikda Qorakoʻl tumanidagi Poykend yodgorligining Arkida qazuv ishlari olib borilmoqda. Izlanishlar davomida Poykend arkining qadimgi madaniy qatlamlari, soʻnggi antik va oʻrta asrlar meʼmorchiligiga oid yangi maʼlumotlar olindi.


Oʻzbekiston – AQSH ekspeditsiyasi bilan hamkorlikda Kimirek-qum-1 yodgorligida arxeologik tadqiqotlar olib borilmoqda. Yodgorlik 10 gektardan ortiq maydonni egallaydi. Yodgorlik aylana shaklga ega boʻlib, hozir qurib qolgan Zarafshon daryosining ikkita oʻzanlari orasida joylashgan. Olib borilayotgan tadqiqotlarga koʻra yodgorlik Buxoro vohasidagi bronza davriga oid yirik metall ishlab chiqarish markazi sifatida eʼtirof etilmoqda.

Tqinchqoqlar. Ilk o’rta asrlar. Poykend yodgorligi

Qopqoqlar. Ilk o’rta asrlar. Poykend yodgorligi