Samarqandda Koreya madaniy meros agentligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyiha bo‘yicha yil yakunlari o‘tkaziladi.

Uncategorized

Samarqand arxeologiya institutida Institut va Koreya madaniy meros agentligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyiha boʻyicha yil yakunlari oʻtkaziladi. Joriy yildagi mashgʻulotlarda Samarqand arxeologiya instituti, “Samarqand” davlat muzey-qoʻriqxonasi, “Buxoro” davlat muzey-qoʻriqxonasi, “Ichan-qalʼa” davlat muzey-qoʻriqxonasi, Fanlar akademiyasining Milliy arxeologiya markazi, Sanʼatshunoslik instituti xodimlari ishtirok etishib, koreyalik va oʻzbekistonlik mutaxassislar yordamida oʻz malakalarini oshirishdi.
2024-yil yakuniga bagʻishlangan anjumanning birinchi yarmida 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar va ularning tahlili, 2025-yildagi ish rejalari hamda joriy yilda oʻtkazilgan oʻquv kurslari, seminar va amaliy mashgʻulotlarda ishtirok etgan ishtirokchilarni taqdirlash marosimi oʻtkaziladi.
Tadbirning ikkinchi qismida loyiha doirasida olib borilgan amaliy ishlar, tadqiqotlar natijalariga bag’ishlangan boʻlib, arxeologik topilmalarni restavratsiya va konservatsiya qilish, arxeologik qazishmalar va ularda qoʻllaniladigan zamonaviy tadqiqot usullari, arxeologik yodgorliklarni xujjatlashtirish, topilmalarni kimyoviy, fizik usullar yordamida tahlil qilish va ularning natijalari boʻyicha maʼruzlar tinglanadi.
Maʼlumot uchun. Samarqand arxeologiya instituti va Koreya madaniy meros agentligi oʻrtasidagi 2022-yil 27-iyunda imzolangan bitimga koʻra ODA (rasmiy rivojlanish koʻmagi)) doirasida 2022-2026-yilga moʻljallangan “Samarqandning madaniy turizm resurslarini rivojlantirish va salohiyatini oshirishga hamda Samarqand arxeologiya institutida zamonaviy konservatsiya va restavratsiya laboratoriyasini rivojlantirish” loyihasi amalga oshirilmoqda. Qiymati 3 mln 800 ming AQSH dollar boʻlgan loyiha doirasida hozirgi kunda Samarqand arxeologiya instituti qoshida Madaniy merosni boshqarish va topilmalarni restavratsiya va konservatsiya qilish markazi tashkil etilib, Qizlartepa yodgorligida qazuv ishlari olib borilmoqda. Shu bilan biiga muntazam ravishda arxeologiya obyektlarni 3D oʻlchamlarini olish, Samarqand arxeologiya obyektlarini elektron bazasini yaratish, qazishmalarda zamonaviy qurilmalarni qoʻllash boʻyicha oʻquv kursi, seminar, amaliy mashgʻulotlar oʻtkazib kelinmoqda

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *