Minora – islom arxetekturasida minor (aylana, to‘rtburchak, ko‘pqirra) bo‘lib, undan imom azonga chaqirgan. Minora masjid yoniga qurilgan yoki uning kompozitsiyasiga qo‘shilgan.
Odatda minoralar ichida aylana zinapoyalari bo‘ladi. Masjid bir minorali yoki minorasiz bo‘lishi ham mumkin. Istanbulning Sultonlar masjidida to‘rttadan oltitagacha minoralar bor.


- Eng ko‘p minorali inshoot payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v) ning Madaniyat maqbaralarida. U yerda o‘nta minora bor. Buyuk Ipak yo‘li madaniy, savdo yo‘llarida muhim markazlar hisoblangan shahar va qishloq maskanlarida bunyod etilgan minorasimon inshootlarning ilk ko‘rinishlari saqlanib qolmagan bo‘lsa-da, dastlab ular karvon yo‘llarini belgilovchi maydoq, shaharlar aholisini tashqi xavfdan ogoh etuvchi kuzatuv minoralari vazifalarini o‘tash uchun qurilgani shubhasizdir.
- IX-X asrlardan boshlab bu turdagi inshootlar diniy maqsadlarda qurilgan. Buxoro, Vobkent, Jarqo‘rg‘on, ko‘hna Urganchdagi bu davr minoralarining meʼmoriy-konstruktiv yechimi yuqorida qayd etilgan vazifalarni bajarishga mos qilingani bundan dalolat beradi.
O‘zbekiston hududida meʼmoriy majmualardagi guldasta, burjlarning minorasimon shakllarida betakror yechimlar mavjud. Ularning nodir namunalari Markaziy Osiyo meʼmorchiligining Temuriylar va undan keyingi davr bosqichida yuksak badiiylikka estetik-dekorativ ko‘rinishga ega ekani chet el mutaxassislari tomonidan ham tan olingan. Yuqoriga kichrayib boradigan bir necha bo‘g‘inli minoralar Temuriy inshootlarida o‘ziga xos ko‘rinishga ega bo‘lgan. Markaziy Osiyo meʼmorchiligida temuriylar davri meʼmoriy bezak sanʼatidagi qirqma koshin qoplamalar bilan bezatilgan katta minoralar mag‘rib va Yaqin Sharq, Xuroson minorasimon inshootlariga qaraganda birmuncha salobatligi bilan farqlanadi. Temuriylar davri meʼmorchiligida jome masjidlar, ulkan madrasalar va saroylarning meʼmoriy jihatdan tugal ko‘rinish olishida bu minorasimon binolar muhim vosita bo‘lib keldi. Hatto davrlar mobaynida yuqori qismlar saqlanmagan bo‘lsa-da, Samarqanddagi Ulug‘bek madrasasidagi burj-minoralar,Bibixonim jome masjidida saqlanib qolgan peshtoq yon guldastalari ham o‘zlarining muqarnasli qoldiqlari bilan nisbatan tugal meʼmoriy inshootdek tasavvur uyg‘otadi.
Bu ma’lumot ushbu saytdan olindi:
https://zarnews.uz/post/temuriylar-memorchiligida-minoralar-nima-maqsadda-qurilgan
Bu ma’lumot ushbu saytdan olindi:
https://zarnews.uz/post/temuriylar-memorchiligida-minoralar-nima-maqsadda-qurilgan