Samarqand Arxeologiya instituti Yosh olimlar kengashining ish rejasiga kora bugun institut kichik ilmiy xodimi Rashidov Niyoz “Inson skeletiga kora jins va yoshni aniqlash metodlari” mavzusida ZOOM platformasi orqali taqdimot qildi. Ma’ruza davomida Arxeologik qazishmalarda qolga kiritilgan inson suyaklarida jins/yoshni aniqlash qanchalik muhimligi, arxeologik va tarixiy xulosalarni olishda ushbu ma’lumotlarning o’rni tushuntirib o’tildi. Skeletda jins va yoshni aniqlashning bir nechta usullari va qoidalari korsatildi. Yosh olimlar va institut yetakchi ilmiy xodimlarining chiqishlari keyingi haftalarda ham davom ettiriladi.


