Samarqand arxeologiya instituti va Nabunken (奈良文化財研究所) (Yaponiya) tadqiqotlar markazi hamkorligida Yaponiyada bolib otyotgan “Arxeologik topilmalarda qazishmadan keyingi ishlar va labaratoriya qurilmalari seminari”da institut, SamDU va Milliy arxeologiya markazi xodimlari ishtirok etmoqdalar.

Seminar doirasida ishtirokchilar Hokkaydo orolidagi Hokkaido University Museum da bo’lishdi. Muzeyning ilmiy xodimi EDA Masaki janoblari seminar ishtirokchilarini muzey bilan tanishtirdi va zooarxeologiya hamda suyaklarni togri tasniflash haqida muhim bilimlari bilan bolishdi. Ma'lumot uchun: Hokkaido University tarixi 1876-yilga borib taqaladi, Yaponiyadagi eng obroli oliygohlardan biridir.
