Joriy yilning 2023 y 11-apreldan O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi Ya.G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti va Samarqand davlat muzey qo‘riqxonasi Koreya Madaniy meros fondi bilan hamkorligikda “Mahalliy texnik taʼlim” dasturi doirasida “Metall va sopol buyumlar konservatsiyasi” mavzusida ilmiy-amaliy seminar o‘z ishini boshladi. Seminar ochilish marosimida Samarqand arxeologiya instituti direktori M.Saidov, Samarqand davlat muzey qo‘riqxonasi Ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari M.Samibayev hamda Koreya Madaniy meros milliy tadqiqot instituti qoshidagi Madaniy merosni muxofaza qilish ilmiy markazi direktori so‘zga chiqib barcha qatnashchilarni qizg‘in tabriklab, bu seminar-treyning ishiga muvoffaqiyat tiladi. Treyningda Samarqand arxeologiya instituti, SamDU, BuxDU va Samarqand davlat muzey qo‘riqxonasi yosh restavratorlariga Koreyalik oliy toifali soha mutaxassislari tomonidan amaliy dars mashg‘ulotlari olib boriladi.
