Unda “Samarqand – madaniyatlar chorrahasi” Butunjahon merosi obyekti bo‘yicha ham muhokamalar o‘tkazildi.
Sessiyada qayd etilganidek, yaqin kunlarda Butunjahon madaniy merosi tomonidan “Samarqand – madaniyatlar chorrahasi” va “G‘arbiy Tyanshan” Butunjahon merosi obyektlariga oid hujjatlar e’lon qilinishi kutilmoqda.
Sessiyada O‘zbekistondagi nodir umumbashariy obyektlarni saqlab qolish borasida erishilgan yutuqlar e’tirof etildi.
Sessiyada Samarqanddagi obidalarni kelajak avlodlarga yetkazish, atrofini obodonlashtirish masalalari yuzasidan fikr-mulozalar bildirilib, bu borada hamkorlikda ishlash yuzasidan galdagi vazifalar belgilandi.

