2025-yil 2–3-iyul kunlari Fransiyaning Parij shahridagi École Normale Supérieure oliy maktabida “So‘g‘diyona: san’at va tadqiqotlarning hozirgi holati” mavzusida xalqaro ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbir Fransiya kolleji, Hyugo jamg‘armasi, Nyu-York universiteti huzuridagi Qadimiy dunyo tadqiqotlari instituti hamda Kaliforniya universitetining Tang nomidagi Ipak yo‘li markazi hamkorligida tashkil etildi.
