2026 yil Samarqand viloyati Jomboy tumani Qoramo‘yin mahallasida joylashgan Mingtepa arxeologik yodgorligida Samarqand arxeologiya instituti xodimlari va Yaponiya olimlari tomonidan qazuv ishlari amalga oshirilmoqda. Yodgorlik davriy sanasi miloddan avvalgi III milodiy VIII asrlarga oid. Ayni paytda ushbu yodgorlikning shahriston qismida (1- qazishmasida) qazuv ishlari davomida VIII asr memoriy devor qoldiqlari va devoriy sur’at namunalari aniqlangan bo‘lib, Samarqand arxeologiya instituti xodimlari M. Reutova boshchiligida restavratsiya ishlari amalga oshirilmoqda. 2-qashimada altar o‘rni aniqlangan bo‘lib, uning xona devorlarida qizg‘ish, ko‘k, havorang devoriy sur’at namunalari aniqlandi. Dastlabki xulosalarga ko‘ra qazishma VII asrda ibodatxona vazifasini o‘tagan. Tadqiqotga O‘zbekiston tomondan arxeolog H. Rahmonov, N. Alimov Restavratsiya ishlari M. Reutova, G. Axadova, B. Boliyev Yaponiya tomonidan Tomoyoku U, Begmatov A hamda Samarqand Turizm instituti talabalari jalb etilgan.

