Samarqand arxeologiya instituti katta ilmiy xodimi A. Sandiboev Serjantlar tayyorlash maktabida “Nurobod -qadimiy maskan” kitobi taqdimotida ishtirok etdi.

Uncategorized

Ma’lumot uchun.
“Nurobod – qadimiy maskan” nomli to‘plam (mualliflar jamoasi) hozirgi Nurobod tumani hududida joylashgan arxeologik obyektlarda olib borilgan tadqiqotlar natijalarini umumlashtiradi. To‘plamda eng qadimgi davrlardan to so‘nggi o‘rta asrlargacha bo‘lgan tarixiy bosqichlarga oid yodgorliklar qamrab olingan.


Mazkur nashrda hududning tabiiy-geografik sharoiti, qadimgi aholi manzilgohlari, qishloq va shahar tipidagi maskanlar, mudofaa inshootlari, sug‘orish tizimlari hamda moddiy madaniyat namunalariga oid ma’lumotlar tizimli ravishda yoritilgan. Arxeologik topilmalar asosida Nurobod vohasida aholi joylashuvi va xo‘jalik faoliyatining uzluksiz rivojlanish jarayoni ilmiy jihatdan tahlil qilingan.
To‘plam Nurobod tumani hududining tarixiy-arxeologik manzara­sini qayta tiklash, mintaqaning Markaziy Osiyo tarixidagi o‘rni va ahamiyatini aniqlashda muhim ilmiy manba hisoblanadi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *