Tosh davri arxeologiyasi boʻlimi 1970-yilda tashkil topgan boʻlib, xronologik jihatdan paleolit, mezolit, neolit davrlari tarixi va moddiy madaniyatini tadqiq etadi.
Boʻlim Oʻzbekiston hududidagi tosh davri yodgorlik-larini tizimli oʻrganish, yodgorliklarda aniqlangan moddiy madaniyat namunalarini ilmiy-texnikaning soʻnggi yutuq-lari asosida kompleks tadqiq qilish va tahlil etish kabi vazi-falarni bajarib kelmoqda.
Boʻlimda oʻz paytida Markaziy Osiyo arxeologiyasining eng

Bo’lim xodimlari qazuv ishlarida

Bo’lim xodimlari qazuv va qidiruv ishlarida (Qizilqum)
qadimgi davri borasida muhim tadqiqotlarni amalga oshirgan akademik Oʻ. I. Islomov, fan doktorlari R. X. Sulaymonov, T. Mirsoatov, E. Bijanov, fan nomzodlari T. Omonjulov, M. Xoʻjanazarov, T. Grechkina va boshqalar faoliyat olib borishgan.
Hozirgi kunda tadqiqotlar X. Hoshimov (PhD), tarix fanlari doktori B. Sayfullayev rahbarligidagi guruh tomonidan davom ettirilmoqda.
Boʻlim ilmiy xodimlarining tadqiqotlari tufayli tosh davriga oid oʻnlab: Paltav va Obirahmat gʻor manzilgohlari, Koʻlbuloq, Qoʻtirbuloq, Xoʻjamazgil kabi ochiq turdagi manzilgohlar, Uchtut, Koʻlbuloq, Qopchigʻay, Vaush singari tosh davri chaqmoqtosh ustaxonalari, Qoʻshilish, Obishir gʻori, Machay gʻori kabi mezolit manzilgohlari; Amudaryo va Zarafshon havzalaridagi neolit davriga oid yuzlab manzilgohlar oʻrganilib, Oʻzbekiston halqlarining qadimgi davrdagi madaniyati Yevropa va Janubiy – Sharqiy Osiyo madaniyatlari oʻrtasidagi koʻprik vazifasini bajarganligi aniqlandi.

Akademik O’. Islomov

Bo’lim yetakchi ilmiy xodimi B. Sayfullayev rahbarlidagi tosh davriga oid amaliy seminar mashg’ulotlari

Oyaqagetma yodgorligi. Neolit davriga oid
idish
Boʻlim tomonidan Markaziy Osiyo tosh davri ustaxonalarini tadqiq etiladi. Bunday yodgorliklar
sirasiga Fargʻona vodiysidagi Qopchigʻoy, Navoiy viloyatidagi Uchtut tosh-kon ustaxonalari va
Toshkent viloyati Ohangaron daryosi vodiysida joylashgan ustaxonalar kiradi.
Mintaqa neolit jamoalari moddiy madaniyati tadqiqoti asosan XX asrning 60-70 yillardan boshlab
Oʻ.Islomov rahbarligida amalga oshirilgan. Natijada, Fargʻona vohasi boʻyicha 120 dan ortiq neolit opilma joylari aniqlanib, bu yodgorliklar majmuasi, moddiy madaniyati xususiyatlariga koʻra, Markaziy Fargʻona madaniyati sifatida fanga kiritilgan.

Bo’lim xodimlari dala qidiruv ishlarida

Qoyatosh suratlari tadqiqoti
Boʻlim olimlarining tadqiqotlari natijasida Markaziy Fargʻona madaniyati mahalliy Obishir mezolit mada-niyati asosida shakllanganligi ilmiy asoslandi.
Oʻzbekiston hududida mezolitga oid xarakterli yodgorlik-lar qatoriga Boysuntovdagi Machay gʻori, Fargʻona vodiysidagi Obishir, Toshkent vohasidagi Qoʻshilish, Samarqanddagi Sazagʻon 1 va Qizilqum hududidan topilgan yodgorliklar hamda Sheroboddan topilgan Zarautsoy qoyatosh suratlarini kiritish mumkin.
Ayakagitma (Qizilqum) va Qaynar-Kamar (Boysuntov) ilk neolit makonlari suyak qoldiqlari tahlilining koʻrsatishicha, er.av. 6-ming yilliklarda mahalliy aholi chorvachilikka oʻtishgan. Hozirgi kunda boʻlim xodimlari Zarafshon vohasi, Fargʻona vodiysi, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlari hududida kompleks
tadqiqot ishlarini olib bormoqda.
Boʻlim 2008-yildan Fransiyaning Milliy ilmiy tadqiqotlar markazi (CNRS) bilan hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib bormoqda.