Boʻlim 1970-yilda tashkil etilgan boʻlib, turli yillarda “Tosh va bronza davri”, Qadimgi davr arxeologiyasi boʻlimi, Turon boʻlimi nomlari bilan yuritilgan. 2022-yildan boshlab Ilk metallar va qadimgi davr arxeologiyasi boʻlimi nomi bilan faoliyat koʻrsatmoqda.
Boʻlimga turli yillarda akademik A. Asqarov, professor T. Shirinov, B.X. Matboboyevlar rahbarlik qilgan boʻlib, hozirgi kunda t.f.n., K.A.Rahimov rahbarligida boʻlimda 8 shtat birligida 1 ta fan doktori, 2 ta fan nomzodi, 3 ta kichik ilmiy xodim faoliyat olib bormoqda.
Boʻlimning yoʻnalishi xronologik jihatdan eneolit, jez, ilk temir va antik davrlarni tadqiq qilish boʻlib, asosiy
vazifasi Markaziy Osiyoda ilkmetallar va antik davrlarda

A.Asqarov Sopollitepa yodgorligi topilmalarini tadqiq etish jarayonida

Sopol idishlar. Dalvarzin yodgorligi. Andijon
viloyati. Mil. avv. XIV-VIII asrlar
sodir boʻlgan ijtimoiy iqtisodiy, madaniy, diniy jarayonlar, qadimgi dehqonchilik maskanlari, ilk shaharsozlik va ilk davlatchilik masalalarini moddiy madaniyat namunalari asosida oʻrganish
hisoblanadi.
Oʻtgan vaqt mobaynida boʻlim xodimlari tomonidan Bronza davri xususida yangi tadqiqotlar olib borildi. Shimoliy va Markaziy mintaqalardagi chorvador va dehqon-chilik madaniyatiga oid Tozabogʻyob, Suyorgan, Zamonbobo madaniyatlarining Fargʻona vodiysi hududidagi Chust madaniyatiga xoʻjalik-iqtisodiy jixatdan
yaqin ekanligi isbotlandi.

Ko’ktepa yodgorligidagi qazuv ishlari. 2000 yillar. Ilk temit davri. Samarqand viloyati.

Bronza oyna. Ko’ktepa
yodgorligi. Mil.avv. II asr
Oʻzbekiston janubida ilk marotaba fan uchun yangilik boʻlgan, ilk dehqonchilik madaniyatiga oid aniq rejali turar joylar qurilishi, mustahkam mudofa, murakkab meʼmoriy anʼanalar, maxsus
hunarmandchilik sohalari – kulollik, metallurgiya, suyak va yogʻochga ishlov berish, toʻqimachilik va zargarlik sohalariga ega boʻlgan Sopolli
madaniyati kashf qilindi. Bronza davriga oid boʻlgan Jarqoʻton yodgorligining tadqiq qilinishi natijasida, qadimgi Baqtriya tamaddunining bosh qarorgohga va yirik jamoat sajdagohi –
ibodatxonaga ega boʻlgan ilk shahar madaniyati koʻz oldimizda namoyon boʻldi.

Yerqo’rg’on yodgorligida
aniqlangan aqiqdan yasalgan haykalcha. III-IV asrlar
Ushbu tadqiqotlar Oʻzbekistonning ilk dexqonchilik madaniyati tarixi nafaqat bir necha ming yilliklar bilan sanalangan qadimiyat ekanligi isbotlandi, balki bronza davri aholisining iqtisodiy, moddiy va maʼnaviy hayoti hamda ilk shaharmonand va istiqbolda shahar
madaniyatini vujudga kelishi ildizlarini ochib berdi.
Respublikamizning Samarqand, Buxoro, Toshkent, Termiz kabi qadim shaharlari tarixini oʻrganishga doir maxsus tadqiqotlar olib borildi. Afrosiyob shahar yodgorligida oʻtkazilgan sistematik qazuv ishlari
natijasida, uning vujudga kelishi bosqichlari, rivojlanishi dinamikasi xususidagi yangi maʼlumotlar olindi.
Buxoro, Termiz shaharlarining paydo boʻlishi va iqtisodiy taraqqiyoti davri aniqlandi, Gʻarbiy Sugʻd va Tohariston antik davri madaniyati, eʼtiqodiy komplekslari va buddaviylik yodgorliklari ochib oʻrganildi.
Janubiy Sugʻd hududida Baqtriya va Sugʻd arxaik va antik madaniyatlari tutashuvini aks ettiruvchi jamoat
sajdagohiga, qudratli mudofaa tizimiga ega boʻlgan yirik shahar markazi hisoblangan Naxshab hududidagi Yerqoʻrgʻon shahar yodgorligi tadqiq etildi. Toshkent mintaqasi bugungi kunda turkiy xalqlar
tarkibiga kirgan oʻzbek xalqi tili va urf odatlari shakllanishining yadro-siga aylangan, ilgʻor markazlaridan
biri boʻlganligi maʼlum boʻldi.
Markaziy Osiyoda eneolit, jez, ilk temir davri va antik davrlari tarixining turli masalalarini (dehqonchilikning paydo boʻlishi, sunʼiy sugʻorish va qadimiy shaharlarning shakllanishi, sivilizatsiya va
davlatchilik, oʻzaro munosabatlar muammolari) oʻz ichiga olgan bir qancha mavzularda tadqiqotlar davom ettirilib, hozirgi kunda yirik qadimiy manzilgohlar, aholi punktlari va qabristonlarda – Jarqoʻton
(Baqtriya), Dalvarzin, Mingtepa, Sultonobod, Jannatmakon, Keskanyor, Xonobod (Andijon viloyati), Quva (Fargʻona viloyati) va Xolniyoztepa (Surxondaryo viloyati) yodgorliklarida keng koʻlamli arxeologik
qazishmalar olib borilmoqda
Boʻlim Yaponiya, Xitoy, Germaniya, Fransiya kabi davlatlarni ilmiy markazlari bilan oʻzaro hamkorlik loyihalarini yoʻlga qoʻygan.
Jumladan, boʻlim mavzusi yuzasidan Yaponiyaning Kanazava universiteti, Qadimgi sivilizatsiyalar va madaniy resuslarni oʻrganish instituti bilan hamkorlikda Andijon viloyati Jalaquduq tumani Oyim qishlogʻida joylashgan Dalvarzin shahar xarobasida arxeologik qazishma ishlari olib borilmoqda.

Sopol idish. Xolniyoztepa
yodgorligi.
Surxondaryo viloyati