KIMYOVIY TEXNOLOGIK TADQIQOTLAR, ARXEOLOGIK TOPILMALARNI RESTAVRATSIYA VA KONSERVATSIYA QILISH LABARATORIYASI

Laboratoriya 1970-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Kimyoviy-texnologik tadqiqotlar va tarixiy yodgorliklarni saqlash boʻlimi nomi bilan tashkil etilgan boʻlib, uning tashkil etilishi va shakllanishiga birinchi boʻlim boshligʻi tarix fanlari doktori, prof. A.A. Abdurazzoqov katta hissa qoʻshgan. Keyinchalik boʻlimga M. Qambarov, 1999-yildan esa

Dala sharoitida topilmalarni restavratsiya qilish

Laboratoriya xodimlari. 1980 yillar

M.A. Reutova rahbarlik qilib kelmoqda. Laboratoriyaning asosiy vazifasi arxeologik ashyolarni kimyoviy texnologik tadqiqotlar orqali oʻrganish, ularni restavratsiya va konservatsiya qilish, bu boʻyicha uslublar ishlab chiqish hisoblanadi.
Hozirgi kunga qadar laboratoriya uch yoʻnalishda
ish olib bormoqda. Birinchi ilmiy yoʻnalish –
Markaziy Osiyoning qadimgi hunarmandchilik mahsulotlarini, shu jumladan, metallurgiya, rangli metallarga ishlov berish,

Laboratoriya xodimlari ximik texnologik tadqiqotlar ustida

Topilmalarni restavratsiya qilish jarayoni

shisha tayyorlash, qadimiy meʼmorchilik va qurilish sopolsozligini oʻrganish hisoblanadi. Turli arxeologik materiallar tarkibini kimyoviy, spektral, tipologik va statistik tahlillar orqali oʻrganish asosida olingan maʼlumotlar ishlab chiqarishning rivojlanish darajasini, xom ashyo bazasini aniqlashga, Markaziy Osiyodagi turli mintaqalar oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlik va madaniy taʼsirni oʻrganishga, qadimiy qorishmalar tarkibini qayta yaratishga imkon yaratdi.
Ikkinchi yoʻnalish – arxeologiya meʼmoriy inshootlar
qoldiqlarini saqlash va konservatsiya qilish yoʻnalishida izlanishlar olib borish. Bu borada
Xususan, laboratoriya xodimlari tomonidan, xom gʻisht va paxsadan bunyod etilgan qadimgi

meʼmorchilik yodgorliklarini kimyoviy usullari boʻyicha saqlab qolish joriy etilgan. Buning uchun sobiq SSSRning 5 ta mualliflik guvohnomasi va Iqtisodiy yutuqlar koʻrgazmasining
bronza medali olingan. Laboratoriya xodimlari mavjud tajriba asosida
Afrosiyob, Oqtepa, Shoshtepa, Qanqa, Sopollitepa, Jarqoʻton, Eski Niso (Turkmaniston), Turkiston (Qozogʻiston) yodgorliklarida obyektlarni saqlash ishlari olib borildi.

Mualliflik guvohnomasi.1985 yil

Budda haykalining bosh qismi.
II-IV asrlar.Qoratepa yodgorligi.Surxondaryo viloyati


Uchinchi yoʻnalish — arxeologik materiallarni ilmiy qayta tiklash va
konservatsiya qilish boʻlib, bu borada laboratoriya xodimlari tomonidan Afrosiyob, Tavka, Fayoztepa, Yerqoʻrgʻon, Bolaliktepa, Varaxsha saroylar zalining dunyoga mashhur devoriy suratlari, Kofirqala pannosi, Qora-Tepa buddizm majmuasidan loy haykali,
Poykenddan oʻyma ganch, Pop mozorqoʻrgʻonidagi dafn
marosimi kabi noyob ashyolar restavratsiya qilingan.

Kofirqala pannosini tozalash jarayoni

Laboratoriya xodimlari Respublikaning turli hududlaridam Mualliflik guvohnomasi.1985 yil Budda haykalining bosh qismi. II-IV asrlar. Qoratepa yodgorligi. Surxondaryo viloyati Kofirqala pannosini tozalash jarayoni 25 olib borilayotgan ekspeditsiyalarda faol ishtirok etib, hozirgi kunga qadar ular tomonidan 20 mingdan ortiq arxeologik eksponatlar taʼmirlanib, tiklangan.

II-IV asrlar.Qoratepa yodgorligi.Surxondaryo viloyati


Qayta tiklangan metall (tangalar va uy-roʻzgʻor ashyolari, harbiy qurollar, zargarlik sanʼati namunalari), yogʻoch, suyak, sopol, tosh, shisha, matolardan tayyorlangan buyumlar nafaqat Oʻzbekiston, balki Fransiya, Germaniya, Yaponiya, Koreya, Angliya kabi davlatlarning mashhur muzeylari koʻrgazmalarida namoyish etilgan.

Qoyatosh suratlarini tozalash jarayoni. Sarmishsoy yodgorligi. Navoiy viloyati

Laboratoriya xodimlari tomonidan Sarmishsoy yodgorligidagi petrogliflar ustida kompleks restavratsiya va konservatsiya ishlari
amalga oshirilgan. Ushbu ishlar laboratoriyada yangi — tosh asri
sanʼati-petrogliflarni saqlash va konservatsiya qilish usullari asosida
bajarilgan.

Afrosiyob devoriy surati bo’lagi. XII asrlar. Samarqand shahri


Laboratoriya Koreya, Rossiya, Fransiya, Yaponiya kabi davlatlar restavratorlari bilan oʻzaro hamkorlik loyihalarini yoʻlga qoʻygan. Xususan, 2024-yilda Laboratoriya qoshida Koreya madaniy meros fondi bilan hamkorlikda “Arxeologiya merosini boshqarish, topilmalarni restavratsiya va konservatsiya qilish” markazi tashkil etilgan.