Boʻlim 1970-yilda tashkil qilingan boʻlib, uning asosiy vazifasi Institut qoshidagi jurnal va toʻplamlar, dala tadqiqotlariga bagʻishlangan broshyura va flayerlar, institut xodimlarining monografiya va kataloglarini nashr qilish, ommalashtirishdan iborat. Hozirgi kunda Institut qoshida quyidagi jurnal va davriy toʻplamlar
nashr qilinmoqda.

“Oʻzbekiston Arxeologiyasi” jurnali.
Jurnalga 2010-yilda asos solingan boʻlib, Oʻzbekiston va xorijiy mamlakatlar tadqiqotchi va mutaxassislarining arxeologiya, qadimgi va oʻrta asrlar tarixi, madaniyat va sanʼat tarixi, antropologiya va Oʻzbekiston xalqlari etnogenezi sohalariga oid
keng koʻlamli masalalarga bagʻishlangan asl (original) maqolalar va qarashlarini nashr qilish hisoblanadi. Jurnal yil davomida 2-marta,
oʻzbek, rus va ingliz tillarida chop etiladi.
“Oʻzbekistonda arxeologik tadqiqotlar” davriy
toʻplami. Toʻplam 2000-yildan boʻyon nashr qilinib, unda Respublikamiz hududida olib borilayotgan barcha arxeologik tadqiqotlarning umumlashma ilmiy xulosalari berib boriladi.

Toʻplam yilida bir marta nashr etiladi.
“Turon arxeologiyasi va tarixi” davriy toʻplami
Toʻplam 2013-yildan boshlab nashr qilinib, unda Markaziy Osiyoda olib borilgan arxeologik
tadqiqotlarning tahliliy natijalari yoritib boriladi. Xronologik jihatdan paleolit davridan soʻnggi
oʻrta asrlargacha boʻlgan davrni qamrab olgan toʻplamda shaharsozlik, qishloq madaniyati,
meʼmorchilik tarixi, hunarmandchilik rivojlanish
bosqichlari, antropologik izlanishlar hamda fanlaro tadqiqot natijalari yoritib boriladi.




Halqaro hamkorlik

Institut faoliyatidan lavhalar