Fond 1998-yilda Arxeologik topilmalarni kameral qayta ishlash laboratoriyasi negizida tashkil qilingan boʻlib, 2007-yildan boshlab unga M. Kondrikova rahbarlik qilib kelmoqda. “Noyob obyektlar” fondi tarkibiga arxeologik topilmalar fondi, kutubxona, arxiv va qazishmalar jarayonida topilgan moddiy madaniyat namunalaridan iborat koʻrgazma zali kiradi. Arxeologik topilmalar fondi. Arxeologik topilmalar fondida Oʻzbekiston hududida topilgan bir necha minglab arxeologik, numizmatik topilmalar maxsus qutilarda yopiq holatda, boshqa arxeologik materiallar esa yashiklarda, metall javonlarda saqlanadi. Fond eksponatlari yangi noyob topilmalar hisobidan doimiy ravishda toʻldirilib boriladi. Fondda antropologik va arxezoologik materiallar kolleksiyasi ham mavjud. Arxeologik materiallardan foydalanish, materiallarni chop etish, suratga olish institut rahbariyati hamda ushbu materiallarni qoʻlga kiritgan mualliflarning maxsus ruxsati orqali amalga oshiriladi.

Kutubxona. Institut kutubxonasi shakllanishida M.G. Shapiro katta hissa qoʻshgan boʻlib, uni turli yillarda H. Anarbayeva, Z. Qorayevalar boshqarishgan. Hozirgi vaqtda N. Hamidova rahbarligidagi Institut kutubxonasida 30 ming atrofida ilmiy monografiyalar, kitoblar, toʻplamlar, davriy nashrlar, jurnallar va gazetalar saqlanadi. Kutubxonada XIX asrning ikkinchi yarmi va XX boshlarida nashr etilgan bir necha yuz noyob ilmiy kitoblar ham mavjud. Institut kutubxonasi arxeologiya fani yoʻnalishi boʻyicha Markaziy Osiyodagi eng yirik kutubxonadir. Kutubxonadan Oʻzbekiston, MDH va xorijda arxeologiya, tarix, sanʼat tarixi, meʼmorchilik tarixi, numizmatika, antropologiya sohalarida faoliyat koʻrsatayotgan olimlar, OOʻYu professor va oʻqituvchilari, doktorantlari, magistrlari va talabalari keng foydalanmoqdalar. Arxiv. Ilmiy arxiv fondida yurtimiz hududida ish olib yuritgan ilmiy ekspeditsiyalarda ishtirok etgan mahalliy va chet ellik arxeologlarning ilmiy hisobotlari,ish materiallar, chizmalar, kundaliklar, negativlar va qazishma natijalarini ifodalovchi fotosuratlar jamlangan. Arxivning katta qismini institut xodimlarining XX asr 70-yillaridan – XXI asr boshlarigacha boʻlgan ilmiy hisobotlari tashkil

Kutubxonananing o’quv zali
qiladi. Chop qilinmagan hisobotlardagi maʼlumotlar kelgusida qayta ishlash, nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari, shuningdek umumiy xarakterdagi ilmiy ishlar uchun foydalaniladi. Arxiv Oʻzbekiston hududida har yili olib borilayotgan arxeologik qazishmalarning hisobotlari hisobiga har yili kengayib va boyib bormoqda. Hozirgi kunda arxivda 1,5 ming ilmiy hisobotlar va kundaliklar saqlanadi. Koʻrgazma zali. Institut muzeyida keyingi ellik yildan ortiqroq vaqt davomida oʻtkazilgan qazuv ishlarida topilgan noyob arxeologik osori-atiqalar namoyish etiladi. Ularning davriy chegarasi ilk paleolitdan boshlab soʻnggi oʻrta asrlargacha boʻlgan uzoq uzviy davom etgan tarixiy davrlarga tegishli. Muzeydagi eksponatlar yangi
topilayotgan noyob topilmalar hisobidan doimiy ravishda yangilanib boriladi. Koʻrgazma zaliga respublikamiz, viloyatlar va xorijdan kelgan


Arxeologik tadqiqotlar hisobotlari

tarix, arxeologiya, sanʼat tarixi, meʼmorchilik tarixi, numizmatika, antropologiya sohalarida faoliyat koʻrsatayotgan olimlar, turli sohalar mutaxassislari, magistrlar, bakalavrlar va kollejlar, litseylar va maktablar oʻquvchilari doimiy tashrif buyuradilar va qadimgi ajdodlar boʻyicha oʻz tasavvurlarini boyitadilar.

Axreologik topilmalar ko’rgazma zali