
Sh. Tashxodjayev Afrosiyob materiallarini tadqiq
etmoqda.
Boʻlim 1970-yilda tashkil etilgan boʻlib, turli yillarda “Qadim va oʻrta asrlar”, “Movarounnahr” boʻlimlari nomi bilan, 2022-yildan boshlab Oʻrta asrlar davri
arxeologiyasi boʻlimi sifatida nomlanib kelinmoqda.
Oʻz vaqtida boʻlimga G.V. Shishkina, Yu. F. Buryakov, A.A. Anarbayev, A. Raimqulovlar rahbarlik qilgan boʻlib, hozirgi kunda boʻlimda A. Ataxodjayev rahbarligida bitta fan doktori, sakkizta fan nomzodi va 6 ta kichik ilmi xodim faoliyat olib bormoqda.

Bo’lim xodimlari dala qidiruv ishlarida. 1990 yillar

Afrosiyob yodgorligidagi qazishmalar. 1970 yillar
Boʻlimning asosiy vazifasi V-XV asrlarda Markaziy Osiyo moddiy madaniyati, jumladan, davlatchilik tarixi, shaharlari va qishloqlari meʼmorchiligi,
hunarmandchiligi, savdo-sotiq munosabatlari hamda tashqi siyosati, ijtimoiy – iqtisodiy
madaniy hayoti masallari yozma, arxeologik va numizmatik manbalar asosida tadqiq qilish
hisoblanadi.
Boʻlim xodimlari tomonidan oʻrta asr shahar infratuzilmasini rivojlanish dinamikasini, qurilish
va meʼmorchilik texnikasining rivojlanish bosqichlarini, qadimiy hunarmandchilik ishlab
chiqarishini (metallurgiya va metallga ishlov berish, sirlangan meʼmoriy kulollik) oʻrganish, oʻrta
asrlardagi tovar-pul munosabatlarini, tanga ishlab
chiqarish va tanga-pul muomalasining rivojlanish
darajasini tadqiq etish sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlar olib borilmoqda.

Registon. Suv quvurlarinin tadqiq etish jarayoni. 1990 yillar
Boʻlim xodimlari tomonidan oʻtgan vaqt mobaynida Markaziy Osiyoning shaharsozlik madaniyatini yoritib berish maqsadida Oʻzbekistonning
Samarqand, Buxoro, Toshkent, Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax, Xorazm, Fargʻona vodiysi va Qoraqalpogʻiston hududlaridagi qadimgi shahar yodgorliklarida koʻplab izlanishlar olib borildi. Jumladan, qadim shahar yodgorliklari xisoblangan – Afrosiyob, Yerqoʻrgʻon, Qanqa, Eski Termiz, Dalvarzintepa, Buxoro, Poykend, Axsikent, Pop, Xiva,
Mizdahkan, Qaliyatepa, Qoʻrgʻontepa, Kofirqala, Dabusiya (X. Axunboboyev, M. Isomiddinov, R. Sulaymonov, T. Lebedeva, L.G. Brusenko, Yu. Buryakov, G. Bogomolov, Sh. Pidayev, Sh. Raxmonov, A. Muhammadjonov, J. Mirzaahmedov, Sh. Odilov, A. Anarbayev, I. Ahrorov, M. Mambetullayev, M. Toʻrabekov, M.Pardayev, A. Gritsina, A. Berdimurodov, A.Raimqulov va boshqalar) yodgorliklarida olib
borilgan tadqiqotlar shaharsozlik taraqqiyotidagi bosqichlarni ochib
berishda samarali natijalarni berdi. Jumladan, Afrosiyobdagi izlanishlar natijasida Qoraxonyilar davriga oid devoriy suratlar, 2017-yilda Kofirqalʼa yodgorligida (Samarqand viloyati), arkning shimoliy
qismidagi saroy majmuasining markaziy xonalaridan birini ochish jarayonida Oʻzbekiston fani va tarixi uchun favqulodda boʻlgan, VII-VIII asrlarga oid, yogʻochdan oʻyib ishlangan – panno aniqlandi. Bu kabi yogʻochga oʻyilgan, koʻp personajli kompozitsiya xalqaro ahamiyatga ega noyob kashfiyot boʻlib, Markaziy Osiyo arxeologiyasi tarixida ilk bora qayd etildi.

Samarqand shahri. XI-XII asrlar

Bulla. Kofirqala yodgorligi .
Ilk o’rta asrlar
Keyingi yillarda boʻlim xodimlari tomonidan bir necha yoʻnalishda ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Markaziy Sugʻd ilk oʻrta asrlar moddiy madaniyati va tarixi; Somoniylar va Qoraxoniylar davri tarixi va moddiy madaniyati; Janubiy Sugʻd oʻrta asrlar tarixi va moddiy madaniyati; Gʻarbiy Sugʻd oʻrta asrlar tarixi va moddiy madaniyati;
Ustrushona oʻrta asrlar tarixi va moddiy madaniyati; Xorazm oʻrta asrlar tarixi va moddiy madaniyati; Fargʻona oʻrta asrlar tarixi va moddiy madaniyati; Oʻrta asrlar tovar-pul munosabatlari
Ushbu yoʻnalishlar asosida boʻlim xodimlari tomonidan Samarqand, Qashqadaryo, Jizzax, Sirdaryo, Surxondaryo, Xorazm va Buxoro viloyatlarida kompleks ravishda qazishma ishlarini olib bormoqda.
Markaziy Sugʻd ilk oʻrta asrlar moddiy madaniyati va tarixi;
Somoniylar va Qoraxoniylar davri tarixi va moddiy madaniyati;
Janubiy Sugʻd oʻrta asrlar tarixi va moddiy madaniyati; Gʻarbiy Sugʻd oʻrta asrlar tarixi va moddiy madaniyati; Ustrushona oʻrta asrlar tarixi va moddiy madaniyati; Xorazm oʻrta asrlar tarixi va moddiy madaniyati; Fargʻona oʻrta asrlar tarixi va moddiy madaniyati;
Oʻrta asrlar tovar-pul munosabatlari Ushbu yoʻnalishlar asosida boʻlim xodimlari tomonidan Samarqand, Qashqadaryo, Jizzax, Sirdaryo,
Surxondaryo, Xorazm va Buxoro viloyatlarida kompleks ravishda qazishma ishlarini olib bormoqda.

Qush tasviri tushirilgan muhr. Dabusiya yodgorligi. O’rta asrlar

Somoniy va Qoraxoniylar davriga oid tangalar. Samarqand shahri
Boʻlim hozirgi kunda Samarqand Sugʻdining urbanizatsiya
jarayonlari dinamikasi, qadimgi agroirrigatsiya zonalari tarixiy
topografiyasi Boloniya Universiteti (Italiya), Buxoro vohasi
shaharsozlik madaniyatini Luvr muzeyi, Kofirqala yodgorligi Kioto
Universiteti (Yaponiya) va Boloniya universitetlari hamda Sulaymontepa nekropolini oʻrganishda MOTHI bilan hamkorlikda halqaro ekspeditsiyalar tashkil etgan.