Samarqand arxeologiya institutida katta ilmiy xodimi, tarix fanlari nomzodi A. Iskanderovaning yangi nashiri

Uncategorized

Ozarbayjon Respublikasi Arxeologiya va antropologiya instituti yetakchi ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori T. Dustiev bilan hammualliflikda “Глазурованная керамика средневековой Гянджи” nomli monografiyasi nashr etildi. Monografiya Ozarbayjon Milliy Tarix muzeyida saqlanayotgan sirlangan kulolchilik to’plamlari asosida yaratilgan kompleks tadqiqotdir. Sopol majmualari asosini taniqli Ozarbayjon olimi I.M.Jafarzade tomonidan 1938-1940 yillarda Ozarbayjonning tarixiy shahri Ganja (o’rta asr Ganja shaharchasi) hududida olib borilgan qazishmalar vaqtida topilgan arxeologik materiallar tashkil qiladi. Ushbu ishda eski Ganjaning sirlangan kulolchilik namunalarining kichik parchalardan tortib butun idishlargacha bo’lgan barcha namunalari ilmiy tizimlashtirilgan va ilmiy muomalaga kiritilgan. Monografiyani yozishda vizual-tavsiflovchi, formal-tasnifiy va texnologik tadqiqot usullaridan foydalanilgan. Ganja sirlangan idishlari o’z navbatida badiiy-texnologik jihatdan ko’p umumiyliklarga ega bo’lgan Ozarbayjon, Markaziy Osiyo, Eronning o’rta asr shaharlarining sirlangan kulolchilik mahsulotlari bilan qiyosiy tahlil qilingan.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *