Madaniy meros agentligi Y.Gulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti va Markaziy Osiyodagi Fransiya arxeologik missiyasi hamkorlikda Tosh qurollar texnologiyasi mavzusi bo’yicha joriy yilning 7-9 avgust kunlari amaliy seminar darslarini tashkil etishdi. Samarqand arxeologiya instituti, SamDU, Milliy arxeologiya markazi, Ipak yo‘li halqaro universiteti yosh tadqiqotchilari ishtirok etgan darslarda MAFAC direktori Frederik Brunet, tosh davri bo’yicha mutaxasassis Stefani Bonilaurilar Tosh qurollarda texnologik yondashuv, tosh qurollarni chizish kabi amaliy mashg‘ulotlar olib borish bilan birga, Yevropa va Yaqin Sharq paleolit yodgorliklari xronologiyasi va tosh qurollarning tipologiyasiga doir maruzalar ham qilishdi.
