Toshkent viloyati Parkent tumani Kumushkon mahallasining shimoliy qismida aniqlangan mozorqo’rg’onda o’rganish ishlari olib borilmoqda.

Uncategorized

Y.G’ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti ilmiy xodimlari Arziyev Komiljon, Ochilov Shahzod hamda tayanch doktorant Tursunov Orzimurod Toshkent viloyati Parkent tumani Kumushkon mahallasining shimoliy qismida aniqlangan mozorqo’rg’onda o’rganish ishlari olib borilmoqda. Mozorqo’rg’on yo’l qurilishi davomida mahalliy aholi tomonidan topilgan. Tadqiqot davomida uning shakli katakomba ekanligi, qabrda ikkita jasadlar borligi aniqlandi. Qabrdan temir qilich, bronza uzuk, sopol idish, bulla(muhr) topildi. Dastlabki tadqiqot natijasiga ko’ra qabr so’ngi antik va ilk o’rta asrlarga tegishlidir. Bu hudud bo’yicha arxeologik qidiruv – tadqiqot ishlari davom etmoqda

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *