Bugun institut direktori M. Saidov va yetakchi ilmiy xodim A.Berdimurodov Denov tadbirkorlik va pedagogika institutiga tashrif buyurishdi.

Uncategorized

Ushbu tashrif doirasida Madaniy meros agentligi Y. G’ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti va Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o‘rtasida o‘zaro ilmiy hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi. Memorandum doirasida sohada malakali kadrlar tayyorlash, arxeologiya, restovratsiya va konservatsiya sohalarida hamkorlikni rivojlantirish kabi masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, Samarqand arxeologiya instituti ekspeditsiyalarida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabalari qatnashib amaliyot o’tashi kelishib olindi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *