Arxeologik tadqiqotlarda zamonaviy usullar va yoʻnalishlarni qoʻllash boʻlimi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 485-son qaroriga koʻra tashkil qilingan. Boʻlimning asosiy maqsadi arxeologiya sohasida fanlararo tadqiqotlar, jumladan bioarxeologiya,
arxeozoologiya, geofizik tadqiqotlar, metallografiya kabi yoʻnalishlar boʻyicha izlanishlar olib borish hisoblanadi. Shu asosda hozirgi kunda boʻlim tomonidan arxeologik tadqiqotlarda geofizik usullar, georadar, uchuvchisiz uchar qurilmalar, GAT tizimlarini keng qoʻllash, arxeologik qazishmalarda aniqlangan antropologik, arxeozoologik va arxeobotanik materiallarni tahlil

Sulaymontepa yodgorligidagi antopologik tadqioqtlar

Afrosiyob yodgorligida aniqlangan arxeozoologik topilmalarni tozalsh jarayoni
qilish, qazishmalar davomida qoʻlga kiritilgan metall buyumlarning tarkibi va xususiyatlarini rentgen va rentgenofyurotsens apparatlari yordamida oʻrganish ishlarini amalga oshirmoqda. Boʻlim xodimlari tomonidan Soʻngak (Toshkent), Toshbuloq (Jizzax) va Sulaymontepa yodgorliklarida bioarxeologik tadqiqotlar, Munchoqtepa yodgorligida topilgan taqinchoqlar, Samarqand atrofidagi koʻshklarning hamda qadim va ilk oʻrta asrlarda Gʻarbiy Sugʻd mozor qoʻrgʻonlari ustida geofizik tadqiqotlar oʻtkazilmoqda.
Oʻtgan davr davomida boʻlim xodimlari tomonidan 20 dan ortiq arxeologik yodgorliklarning aerofotosyomkasi amalga oshirilgan va ortofotoplanlari yaratilgan. Respublikaning muhim

Geofizik tadqiqotlar olib borish xonasi
yodgorliklaridan biri- Afrosiyob yodgorligining raqamli topografik xaritasi ishlab chiqildi.
Boʻlim xodimlari hozirgi kunda Koreyaning madaniy meros fondi, Nara milliy tadqiqotlar markazi bilan ilmiy hamkorlik ishlarini olib bormoqda. Ushbu hamkorliklar ilmiy akademik izlanishlar bilan birga kadrlar malakasini oshirish va oʻzbek arxeologiyasida fanlararo tadqiqot usullarini qoʻllashga qaratilgan. Jumladan, Koreya madaniy meros fondi koʻmagida boʻlim qoshida GIS va geofizik tadqiqotlar laboratoriyasi tashkil etilgan boʻlib, 2022-2026-yillarga moʻljallangan loyiha doirasida ushbu yoʻnalishlarda yosh mutaxassislar malkasini oshirib borish koʻzda tutilgan. Nara milliy tadqiqotlar markazi bilan birga 2022-

Arxeologik yodgorliklarni topoxaritasini yaratish jarayoni

Qizlartepa yodgorligida geofizik tadqiqotlar

Turkiy davlatlar arxeologiya instituti direktorlarianrtopologik tadqiqotlar laboratoriyasida
2024-yillarga moʻljallangan loyiha doirasida arxeologiyada fanlararo tadqiqot usullarini joriy qilish boʻyicha seminar treninglar tashkil etib kelinmoqda. Bundan tashqari boʻlim qoshida “Bioarxeologiya” laboratoriya xonasi tashkil etilgan boʻlib, bu yerda jismoniy antropologik izlanishlar olib borilmoqda.

Bo’lim xodimlari ishtirokida yaratilgan Afrosiyob yodgorligining 3D ko’rinishdagi topoxaritasi
Boʻlim tomonidan Innovatsion rivojlanish agentligining “Oʻzbekiston arxeologik yodgorliklarining elektron platformasini yaratish” loyihasi ustida ham tadqiqotlar oʻtkazilmoqda. Loyiha doirasida yodgorliklarni elektron bazasi va Oʻzbekistonning arxeologiya xaritasini yaratish
koʻzda tutilgan.