DALA TADQIQOTLARI BO’LMI

Boʻlimning tashkil etilishi 1970-yilda Oʻzbekiston hukumatining maxsus qarori bilan Samarqand shahrida Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasining Arxeologiya instituti tashkil etilishi bilan bogʻliq hisoblanadi. Shu davrdan boshlab Institutga unga respublikada oʻtkaziladigan arxeologik tadqiqotlarga ilmiy metodik jihatdan

An’anaviy yillik hisobot sessiyasi

An’anaviy yillik hisobot sessiyasi ishtirokchilari

rahbarlik qiluvchi markaz maqomi va barcha moddiy madaniyat yodgorliklarida olib boriladigan izlanishlar uchun ruxsatnoma (“Ochiq varaqa”) berish va uni nazorat qilish huquqi beriladi. 2017-yilda

“Ochiq varaq” berish Madaniy meros agentligi tizimiga oʻtkazilgan boʻlsada, Vazirlar Mahkamasining 2022-yilda 345 –son qaroriga binoan Institutga respublika hududida olib borilayotgan arxeologik tadqiqotlarni ilmiy-uslubiy jihatdan yoʻnaltirish, dala tadqiqotlarini olib borgan arxeologlarni hisobotlarini qabul qilish, har yili “Oʻzbekistonda arxeologik tadqiqotlar” yillik toʻplamini chop etish vazifasi yuklatiladi. Boʻlim byudjetdan tashqari mablagʻ hisobiga
moliyalashtirilib, uning asosiy vazifasi arxeologik tadqiqotlar boʻyicha hisobotlarni qabul qilish va ularni shaklantirilishi, dala tadqiqotlarini metodik jihatdan toʻgʻri olib berilganligini nazorat qilish, Respublika hududida arxeologik qutqaruv va nazorat ishlarini olib borish va har yili yillik tadqiqotlar hisobot sessiyasini tashkil etish hisoblanadi.