Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani Boburtepa MFY Pastol qishlog’i Langar daryosining o’ng sohilida joylashgan Boburtepa arxeologik yodgorligida Samarqand arxeologiya instituti xodimlari tomonidan arxeologik tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Dastlab yodgorlik ko’zdan kechirildi. Boburtepa arxeologik yodgorligi 6 gektardan ortiq boʻlib, to’rtburchak shaklda mudofa devorlari bilan o’ralgan janubiy va shimoliy kirish darvozalari mavjud.
Biz yodgorlikning janubiy tomonida mudofaa devoridan 100 metr yaqinlikdagi alohida ikkita tepalikning janubiy kattaroq tepaligida qazishma ishlarini 10×8 m qilib belgilab qazishma ishlarini boshladik. Dastlab bo’z qatlam olib tashlandi bo’z qatlamdan bakal, kosa, kubik, xum, xayvon suyaklari topildi. Qazishmamiz davomida 0 nuqtadan 25 sm pastlikda 42x42x10 m o’lchamda janubiy sharq tomondan shimoliy g’arb tomonga qarab terilgan devor qoldiqlari topildi devor qoldiqlari qazishmamizning g’arbiy tomonidan 2 m uzoqlikda devor shimoliy sharq tomonga qayrilganligi ma’lum boldi xonaning ichiki o’lchami 3,5 m bo’lib qazishmamizning shimoliy tomondan ham devor burchagi 3 m da janubiy sharq tomonga qarab burilganligi aniqlandi. Xonaning janubiy devori qalinligi 190 sm, g’arbiy devor qalinligi 200 sm, shimoliy devor qalinligi 160 sm bo’lib xonaga kirish eshigi shimoliy sharq tomondan bo’lgan xonaga kirguncha ham yana xona borligi aniqlandi. Bundan tashqari bu xonaning janubiy garb va shimoliy g’arb tomonlarida ham xonalar bo’lishi mumkun. Bunday deyishimizga sabab bu tomonda ham devor qoldiqlari xonalar burchaklariga o’xshab topilmoqda. Qazishma tadqiqotlari davom etmoqda.

