Oliy ta’limdan keyingi ta’lim instituti.
Samarqand arxeologiya instituti qoshida arxeologiya mutaxassisligi (07.00.06-arxeologiya) bo‘yicha oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, shuningdek fan va texnologiyalarning ustuvor yo‘nalishlarida fundamental tadqiqotlarni rivojlantirish, davlat ilmiy dasturlarini amalga oshirish maqsadida oliy ta’limdan keyingi ta’lim instituti faoliyat yuritmoqda.
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutida ta’lim quyidagi shakllarda tashkil etiladi:
• tayanch doktorantura;
• doktorantura;
• mustaqil izlanuvchilik;
• Stajyor-tadqiqotchilik – oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutiga tayyorgarlik bosqichi hisoblanadi.
Hozirda Samarqand arxeologiya institutida 8 ta tayanch doktorant va 2 ta stajyor-tadqiqotchi tahsil olmoqda.