MARKAZIY SUG’D ARXEOLOGIK EKSPEDISIYASI

Afrosiyob

Yodgorlik Samarqand shahrining shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan bo‘lib, 220 ga maydonga yaqin hududni egallagan.
Tadqiqot ishlari yodgorlikning shimoli-g‘arbiy qismidagi 49-qazishmada davom ettirildi. Ushbu hududdagi qazuv ishlari 2019 yilda boshlangan bo‘lib, tarixiy shaharning Navbexar darvozasi hududi topografiyasi, Qoraxoniylar davriga oid, deb taxmin qilinayotgan qabristonni shakllanishi va maydoniga aniqlik kiritish, izlanishlar davomida fanlararo usullarni qo‘llash tadqiqotning asosiy maqsadi sifatida belgilangan.
Ushbu yo‘nalishda olib borilgan qazuv ishlari davomida Qoraxoniylar qabriston chegarasi qisman aniqlanib, ushbu davrga oid inshoot qoldiqlari qayd etildi.


2023 yilda ushbu yo‘nalishdagi tadqiqotlar davom ettirilib, qazuv ishlari davomida geofizik usullardan keng foydalanildi. Jumladan, ob’yekt hududi GPR yordamida o‘rganilib, yer sathidan 1,80-2,0 m pastda turar joy-larni bildiruvchi holat kuzatildi.
Ushbu xulosani aniqlash hamda shu GPR ning ko‘p qatlamli yodgorliklarda samarasini aniqlash va shu asosda tadqiqot uslubini ishlab chiqish maqsadida qazuv ishlari olib borildi.
Qazuv ishi davomida yuqori qatlamda yaxshi saqlanmagan qoraxoniylar davri arxitekurasi qoldiqlari kuzatildi.
Shuningdek, tadqiqot davomida yodgorlikning 3D maketi yaratildi.
Saidov M., Ochilov Sh., Nazarov,
Tursunov O

Boshtepa

Yodgorlik Samarqand shahridan 25-30 km g‘arbda, Samarqand-Qarshi avtomobil yo‘li yaqinida, Sazag‘on qishlog‘i atrofida joylashgan.
Yodgorlik miloddan avvalgi IV-II -asrlarga oid
kult-dafn marosimi majmuasi va unga tutash bo‘lgan antik va ilk o‘rta asrlarga oid aholi punkti qoldiqlaridan iborat. Bosh rejada u 5 ta tepalikdan tashkil topgan bo‘lib, ulardan eng balandi janubi-sharqiy burchagidagi tepalikdir (zamonaviy sathdan 5-6 m balandlikda).
Boshtepada o‘tkazilgan tadqiqotlarning istiqbollari ushbu ob’yektning umuman o‘rganilmaganligi, Samarqandga yaqin joylashganligi bilan belgilanadi. Bu esa uni miloddan avvalgi IV-II asrlardagi aglomeratsiya tizimida ko‘rib chiqishga imkon beradi. 2023 yilda tizimli arxeologik tadqiqotlar boshlandi. Asosiy ob’yekt sifatida balandligi 5 m va diametri taxminan 40-50 m bo‘lgan tepalik tanlandi.
Qazish davomida shimol-janub yo‘nalishida paxsa bloklari va yirik formatli (60-50x35x7-8sm) loy g‘ishtlardan qurilgan (qalinligi taxminan 2 m) devor qoldiqlari aniqlandi. Ichki qismi yuqorida ko‘rsatilgan formatdagi paxsa va loy g‘ishtlarning bo‘laklari va kul qatlamlari bilan to‘ldirilgan.
Qurilish texnologiyasining xususiyatlari va aniqlangan sopol idishlari ushbu devorniI I-IV
asrlardan oldin boshlangan birinchi qurilish davriga bog‘lash imkonini berdi va taxminan Afrosiyob-III
majmuasiga davriy jihatdan yaqindir.
Tozalash jarayonida 3 ta dafn joyi aniqlandi. Bosh chanoq suyaklaridan birining yonidan tomchi shaklidagi marjon, katta kumush sirg‘a topildi.
Ushbu turdagi sirg‘alarni ko‘chmanchi erkaklar miloddan avvalgi1-ming yillikda Yevrosiyoning dasht zonasida taqishgan.
Ikkinchi qazishma birinchi qazishmadan10-12 m g‘arbda, 5×5 m o‘lchamdagi tekis tepalikda tashlandi. Ustki qatlamdan 30-40 sm pastrog‘ida
loy g‘ishtdan qurilgan monumental devor qoldiqlari (30-35×40-45×8-10 sm) topildi. Bu yerda aniqlangan topilmalar I-IV asrlar bilan sanalandi.
Ataxodjayev A., Xo‘jamov S.

Mingtepa

Mingtepa arxeologiya yodgorligi, Samarqand viloyati Jomboy tumani Qoramo‘yin mahallasining shimoli-g‘arbiy chekkasida joylashgan. Yodgorlikning umumiy maydoni 40 ga ni tashkil etadi. Uning atrofida hozirgi kungacha saqlanib qolgan 60 ga yaqin tepaliklar joylashgan. Yodgorlik
ark va shahristondan iborat, arkning balandligi
12 m. ni tashkil etadi.

Yodgorlik o‘rnidagi shahar Syuan-Szan (629-630 yillar) tomonidan Szebudana (Kabudan) nomi bilan qayd etilgan. Birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra Mingtepa V asrdan boshlab shakllanib, VI asrda 35 ga maydon mudofaa devori bilan o‘rab olingan. Shahar shimoldan oqib o‘tgan Bulung‘ur arig‘idan suv olgan. Arab istilosi natijasida VIII asr boshlarida Mingtepa vayron etiladi, uning barcha hududlarida hayot to‘xtaydi. Shundan so‘ng, XI asrda yodgorlikning g‘arbiy chekkasi, shahriston qisman qabristonga aylantiriladi.




Yodgorlik dastlab H. Axunbabayev tomonidan 1979 yilda ro‘yxatga olingan bo‘lsa, 2014 yilda
A. Ataxodjayev tomonidan ilk qazuv ishlari amalga oshirilgan.
2021 yildan boshlab, H.O‘. Rahmonov tomonidan ilk o‘rta asrlar davri kulollik hunarmandchiligi,
me’morchiligi, moddiy madaniyatini o‘rganish maqsadida doimiy qazuv ishlari olib borilmoqda.
2023 yilda shahristonning g‘arbiy qismida qazuv tadqiqotlari amalga oshirildi. Natijada, ikkita ikki
qavatli, bitta bir qavatli xonalar ochib o‘rganildi. Xonalarning eni 2,5 metrdan 3 metrgacha, uzunligi 6-10 metr bo‘lib, balandligi 3 m dan, 5,30 m ni
tashkil etadi.
Ikkinchi qavat devori 50x25x8-10 sm o‘lchamdagi g‘ishtlar bilan ichkariga tortilib arka usulida qurilgan.
9-xona boshqa xonalardan qurilish va funksiyasi jihatidan ajralib turadi. Xona bir qavatdan iborat, 8-xonaning sharqiy qismida joylashgan bo‘lib, o‘lchamlari 3,50×3,50 m, to‘g‘ri to‘rtburchak shaklda qurilgan.
Devorning pastki qismi ikki qator lentasimon paxsadan ko‘tarilgan, tepa qismi 47x23x9 sm o‘lchamdagi g‘ishtlar bilan yopilgan. Xonaning

2023-yilda Mingtepadan topilgan kulollik namunalari





supasi uchala tomoni g‘ishtdan ko‘tarilgan; ichi siniq g‘ishtlar bilan to‘ldirilib, ustidan somonli loy bilan suvalgan. Supaning balandligi 20 sm. ni tashkil qiladi.
Xonalardan topilgan kulollik namunalari VII-VIII
asrning birinchi yarmi bilan davrlanadi. Kundalik turmush tarzi, savdo-sotiq ishlarida ishlatilgan Sug‘d shohi Turgar tomonidan zarb qilingan bir qancha tangalar aniqlandi. Shu bilan birgalikda bir tomoniga sosoniy hukmdori, ikkinchi tomonida ikkita odam va o‘rtasida altarning rasmi tushirilgan bir dona kumush tanga qayd etildi.
Kulollik idishlari orasida o‘choqboshi xo‘jaligiga oid
qozon, dekcha, qumg‘on, yog‘log‘i, kosa, kosacha; dasturxon idishlari sifatida ko‘za, piyola, finjon, likop, likopcha, tovoq; xo‘jalik idishlaridan katta hajmdagi xum, xumcha, xurmacha, suv ko‘za va boshqa turdagi kulollik idishlari aniqlandi.
Raxmanov H.

Oqtepa


Oqtepa yodgorligi Samarqand viloyati Bulung’ur tumani Mingchinor maxallasining janubiy qismida joylashgan. Dastlabki ma’lumotlar H.F. Axunbabayev tomonidan 1979-1980 yillarda tumandagi yodgorliklarni ro’yxatga olish ishlari davomida uning tarixi chiziladi, arki va sharqiy qismida ibodatxona va uning atrofida shaxriston joylashganligi, ark ikkita alohida tepalikdan iborat bo’lganligi haqida ma’lumotlar beriladi. Qazishmalar asosida yodgorlikning davriy sanasi miloddan avvalgi III – milodiy XI asrlar bilan davrlashtiradi.

2023 yilda Oqtepa yodgorligining shahriston qismida qazish ishlari olib borildi. Bu qazishmadan ko‘zlangan maqsad, hunarmandchilik, arxitektura,



ijtimoiy-iqtisodiy hayot to‘g‘risida ma’lumotlar olish asosiy vazifa qilib qo‘yildi.
Shahristonning g‘arbiy qismida, mudofaa devori va uning ichki qismi hududida eni 3 m, uzunligi15 m
transheya ko‘rinishida qazuv ishlari olib borildi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra mudofaa devori eni
3 m bo‘lib, tashqi tomonidan mudofaa quvvatini kuchaytirish maqsadida ikkita qo‘shimcha devor qurilgan. Mudofaa devor tag qismi platforma, ustki qismiga har-xil o‘lchamdagi guvala (25x13x12, 30x22x12 sm) g‘ishtlar yotqizilgan. Ikkinchi devor paxsani eslatuvchi qattiq loydan ko‘tarilgan. Uchinchi yordamchi devor pishitilgan loy va g‘ishtlardan qurilgan. Qazuv tadqiqoti davomida ko‘plab eramizdan avvalgiII-eramizningI asrlariga oid kulollik idishlari yig‘ib olindi.
Topilmalar orasida bir dona ayol haykalchasi aniqlanib, eramizdan avvalgiII asr bilan davrlandi. Ushbu haykalcha Afrosiyob yodgorligida ham topilgan bo‘lib, davriylik jihatidan ular bir-birini takrorlaydi.
Raxmanov H.

Rabinjon

Rabinjon yodgorligi Samarqand viloyati, Narpay tumani, Toshko‘prik mahallasida joylashgan, o‘rta asrlarda Samarqand Sug‘dining markaziy shaharlaridan biri bo‘lgan. Yodgorlikning umumiy maydoni 100 gektar, u sharq mamlakatlari shaharlariga xos bo‘lgan ark, shahriston va rabod qismlaridan iborat. Afsuski, yodgorlikning ark qismi o‘tgan asrning 70- yillarida Yangi Narpay kanalini qurilishi natijasida butunlay buzilib ketgan.
Rabinjon haqida IX-XII asrlarga oid al-Istaxriy, ibn Havqal, as-Samon’iy va al-Muqaddasiy asarlaridagi ma’lumotlarda shahar Xurosonga boradigan katta yo‘l ustida, Samarqanddan12 farsax uzoqlikda joylashgani va atrofida unga qarashli bo‘lgan Sakon yoki Askon, Sankabot, Furfora va Karzon kabi




qishloqlar bo‘lganligi qayd etilgan. Manbalarda shahar 1158 yilda xorazmshoh El Arslon tomonidan butunlay vayron qilinganligi aytib o‘tilgan.
2023 yilda yodgorlikning shahriston qismida arxeologik qazishma ishlari olib borildi. Natijada, shahriston qismida XI-XII asrlarga oid markaziy xona va unga tutash bo‘lgan 3 ta xonalarning o‘rni ochildi (14-qazishma). Markaziy xona sharqdan g‘arbga qarab yo‘nalgan, to‘g‘ri to‘rtburchak shaklda, o‘lchami 5,5×3,5 m, devorlari 35x18x7-8 sm o‘chamdagi xom g‘ishtlar yordamida ko‘tarilgan. Ushbu xonaga kirish eshigining o‘rni shimoli- g‘arbiy tomonida joylashgan.
Shuningdek, tepalikning janub-sharqiy tomnidan,
4-qazishmadan 580 m uzoqlikda15-qazishmada xumdon o‘rni qayd etildi. Ushbu xumdonning faqat olovxona qismi saqlanib qolgan bo‘lib, pishirish qavati mahalliy aholi tomonidan o‘tkazilgan yer ishlari natijasida buzilib ketgan.
Xumdonning olovxonasi yumaloq shaklda, diametri 2,55 m, saqlanib qolgan balandligi 1,94 m. Mazkur xumdonning olovxonasi 20x38x8 sm bo‘lgan xom g‘ishtlar yordamida ko‘tarilgan va uning ustida qalinligi 10-30 sm bo‘lgan toshqol (shlak) qoplamasi mavjud. Olovxonaga kirish yo‘lagi g‘arbiy tomonda joylashgan. Xumdonda qayd etilgan sopol idish bo‘laklari XI-XII asrlar bilan davrlanadi.
Berdimurodov A.E., Sandiboyev A.N. Alimov N.Gʻ.

Qo‘rg‘ontepa




Qo‘rg‘ontepa yodgorligi, Samarqand viloyati Urgut tumani, Eshonrabot qishlog‘ida joylashgan bo‘lib, uning umumiy maydoni 6 gektarni tashkil qiladi.
Yodgorlik ark, shahriston va rabod qismlardan iborat, arkning tarixi to‘g‘ri to‘rtburchak shaklda, o‘lchami 56×64 m, balandligi esa 14 m. ni tashkil qilgan.
Yodgorlikning shahriston qismi ark bo‘ylab joylashgan, ularni bir-biridan xandaq ajratib turadi. Rabod qismi esa shahristonning janubi-g‘arbiy qismida joylashgan bo‘lib, hozirda qabristonga aylantirilgan





Yodgorlik IX-XII asrlarga oid arab manbalarida (al-Istaxriy, ibn Havqal va al-Muqaddasiy) Maymurg’ rustoqiga tutash bulgan Sanjarfag’i rustoqi markazi bilan lokalizatsiya kilinadi.
Yodgorlikda dastlabki arxeologik tadqiqotlar 2022 yilda shaxriston qismida olib borilgan (1 va 2 qazishmalar). Natijada, ilk va rivojlangan o’rta asrlar davri turar joy qoldiqlari ochib o’rganildi.
2023 yilda yodgorlikning ark qismida 11,75×10 m. maydonda arxeologik qazuv tadqiqot ishlari olib borildi. Qazuv ishlari

davomida inshoot qoldiqlari qayd etilib, topilmalar asosida ikkita qurilish davri ajratildi.
Birinchi qurilish davri VII-VIII asrlar bilan davrlanib, qazuv maydonida ushbu davrga oid shimoldan sharqga yo’nalgan devor qoldiqlari ochildi. Devor xom gishtlar yordamida (xom g’ishtlar o’lchami 50x30x10 sm) ko’tarilgan, uzunligi 10 m, eni esa 2,1-2,2 m., janubiy tomoni kuchli olov ta’sirida qizg’ish tus olgan.
Ikkinchi kurilish davriga kelib, yong’in ta’sirida qizg’ish tus olgan shimoliy devor qayta suvalgan va janubdan shimol yo’nalishda qo’shimcha devor qurilgan va xona ikkiga bo’lingan. Birinchi xonaning sharqiy tomonida supa, tandir va o’choq o’rinlari qayd etildi. Aniqlangan sopol idishlar asosida ikkinchi kurilish davrini XI-XII asrlar bilan davrlashtirish mumkin.
Sandiboyev A.N., Murakami Tomomi, Begmatov A.

Kindiktepa





Qindiktepa yodgorligi Urgut tumaniga qarashli Baxrin qishlog‘ida joylashgan. Yodgorlik Quldortepa yodgorligining janubi– g‘arbiy tomonida, rabod o‘rtasida kichik tepalik ko‘rinishida saqlangan. Yodgorlik aylana shaklda bo‘lib, diametri 26-32 m. ni tashkil etadi.
2023 yilda Kindiktepa yodgorligida dastlabki arxeologik qazishma ishlari olib borildi. Qazuv ishlari davomida ibodatxona, deb hisoblanayotgan yirik inshoot qoldiqlari ochib o‘rganildi.
Ibodatxonaga kirish yo‘lagi sharq tomonga qaragan. Uning shimol va janubiy tomonlari devor bilan o‘ralgan. Gʻarbiy tomonida esa ibodat uyi ya’ni alohida xona joylashgan. Mazkur ibodat uyiga sharq tomondan joylashgan to‘rtta ustunli ochiq ayvon orqali o‘tib borilgan. Ayvonning uch




tomoni supa bilan o‘ralgan. Ayvon orqali markaziy xona, ya’ni ibodat uyiga o‘tilgan. Mazkur xonaning uch tomoni supa bilan o‘ralgan, faqat uning sharq tomonga ochiq bo‘lib, xonaga kirish eshigi joylashgan. Ushbu xonaning g‘arbiy tomonidagi supa usti yongan olov ta’sirida kuygan va qizg‘ish
tus olgan. Ehtimol, mazkur tomondagi supa ustida otashgoh joylashgan.
Arxeologik qazishmalar natijasida tanga, sopol idish
bo‘laklari va bronza oyna aniqlandi. Shuningdek, ibodatxonaning ayvon qismida qulab yotgan yog‘och ustun (uzunligi 4,5 m, diametri 0,5 m) ham
qayd etildi. Umuman olganda, “Kindiktepa” ibodatxonsi baland tagkursi ustiga barpo etilgan, g‘arbiy tomoni aylanma koridor bilan o‘ralgan, VI-VII
asrlarda faoliyat ko‘rsatgan diniy inshootdir. Ibodatxonaning me’moriy qurilishi rejasi Panjikent ibodatxonasiga o‘xshash hisoblanadi.

Sandiboyev A.N., Murakami Tomomi, Begmatov A.

Dabusiya

Dabusiya shahar harobasi Samarqand viloyati, Paxtachi tumani, Zarafshon daryosining chap qirg‘og‘ida joylashgan. Yodgorlik uch qismdan: ark, shahriston va raboddan iborat bo‘lib, saqlangan maydoni 73 gektarni tashkil etadi.
Qadimiy Dobusiya to‘g‘risida dastlakbi yozma manbalar IX-XII asrlarga oid bo‘lgan arab-fors manbalarda, jumladan, ibn Xurdadbeh, Qudama, Yoqubiy va Ibn al-Faqihlarning asarlarida uchraydi.
Yodgorlikning ark, shaxriston va rabod qismlarida keng ko’lamdagi tadqiqotlar 2007-2012 yillarda Uzbekiston-Yaponiya qo’shma arxeologik ekspedisiyasi tomonidan olib borilib, shaharning shakllanishi, rivojlanishi va tanazzuli borasida muhim ilmiy ma’lumotlar qo’lga kiritildi.

2023 yilda shahar topografisiga aniqlik kiritish va mudofaa tizimini shaklanishi borasida kengroq ma’lumot olish maqsadida arxeologik qazishma ishlari amalga oshirildi. Qazuv ishlari yodgorlikning shahriston (13 qazishma) va rabod qismlarida olib borildi. Jumladan, shahriston janubi-sharqiy tomonida 10×10 m maydonda olib borilgan arxeologik qazishma ishlari natijasida mudofaa devor va uning shimol tomonida joylashgan 2 ta xonaning o‘rni ochildi.
Shahriston mudofaa devori paxsa blok yordamida ko‘tarilgan bo‘lib, to‘rtta qurilish davridan iborat (XI-XII va XVI-XVII asrlar oralig‘i).
Mudofaa devorining shimol tomonida esa 3 ta o‘ra va 2 ta xona qayd etildi. Mazkur o‘ra va xonalar to‘rtinchi qurilish davriga, ya’ni, XI-XII asrlarga oid. Xonalarning devorlari xom g‘isht yordamida ko‘tarilgan.



2-xonaning ichida sopol idish hamda kuygan mato bo‘laklari ham uchraydi.
Shuningdek, yodgorlikning rabod qismida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida11 ta
kulollik humdonlarining o‘rni ochib o‘rganildi. Ushbu kulollik xumdonlari bir va ikki yarusli qilib qurilgan. Xumdonlarning olovxonasi materik qatlam ustiga qurilgan bo‘lib, ularda qayd etilgan sopol idish bo‘laklari XI-XII asrlar bilan davrlanadi.

Berdimurodov A.E., Sandiboyev A.N.,
Maxamadiyev Gʻ.

Xo‘jamazgil-2 (Mo‘llato‘p)

Xo‘jamazgil-2 arxeologik yodgorligi Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani Xo‘jamazgil MFY Mo‘llato‘p qishlog‘ining yuqori qismida, tog‘ etagidagi buloq atrofida joylashgan. Ushbu hudud 1981-1984 yillarda N. X. Toshkenboyev tomonidan tadqiq qilinib, Ho‘jamazgil topilma joyi fanga kiritilgan edi. Yodgorlikda madaniy qatlamlar aniqlanmagan. Topilma joyning materiallarini N. X. Toshkenboyev so‘nggi paleolit davri bilan sanalagan. Uning industriyasi uchun bir va ikki zarb maydonli nukleuslarning mavjudligi xarakterlidir, yo‘nilg‘ilari orasida plastinalar ko‘proq, shuningdek, galkali qurollar ham uchraydi.


2022 yil yoz mavsumida olib borilgan qidiruv ishlarida mutaxassislar tomonidan Xo‘jamazgil MFY hududida yana bir yangi topilmajoy aniqlandi.
Yodgorlikning sathida so‘nggi paleolit davriga oid
chaqmoqtoshdan ishlangan plastina, uchirindilar qo‘lga kiritildi.
2023 yilda yodgorlikda Ya. Gʻulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti hamda Samarqand davlat universiteti arxeologiya kafedrasining bir guruh tadqiqotchilari tomonidan ikkita ob’yektda dastlabki qazuv ishlari boshlandi.

Qazuv ishlari hamda qazuv maydoni atrofidagi kuzatuv jarayonida 70 ga yaqin kremniy, xalsedon xom-ashyosidan tayyorlangan asosan neolit davriga (bundan 8-6 ming yillar oldingi) oid bo‘lgan tosh buyumlar yig‘ib olindi. Bundan tashqari yodgorlik hududida 4 dona so‘nggi paleolit davriga oid (bundan 40-12 ming yillar oldingi) tosh buyumlar ham aniqlandi.
Qo‘lga kiritilgan artefaktlar yodgorlikning mohiyatini ochib berish bilan birga, mintaqa arxeologik tadqiqotlar olib borish uchun istiqbolli hudud ekanligidan darak beradi.

Xoshimov X., Rajabov A.

Qo‘shrabot tumani hududida olib borilgan qidiruv ishlari



Institutning yangi yodgorliklarni aniqlash, xaritalashtirish kabi vazifalaridan kelib chiqqan holda 2023 yilda Qo‘shrabot ekspedisiyasi a’zolari Nurota tog‘ tizmasi g‘arbiy hududida dala-qidiruv ishlarini amalga oshirishdi.
Dastlabki tadqiqot ishlari Nurota tog‘ tizmasining g‘arbiy hududida joylashgan Jonbuloqsoy, Jilonsoy, Takchalisoy, Ochasoy va Chorvoqsoyda olib borildi. Ushbu hududlarda juda ko‘plab qoyatosh rasmlarga duch kelindi. Jumladan, Jonbuloqsoyda103 ta, Ochasoyda 71 ta qoyatosh suratlari koordinatalari olindi. Rasmlarda asosan tuyalar, echkilar, kamondan o‘q otayotgan odam,
g‘ildirak, kiyik, yuk ortgan tuya, ot kabi tasvirlar bor.







Bundan tashqari Nurota tog‘ tizmasining g‘arbiy hududidagi qishloqlarda (Suluk va Kablyatida) ham
dala qidiruv ishlari amalga oshirildi. Aynan Kablyati
qishlog‘ining g‘arbiy hududida mozorqo‘rg‘onlar, qoyatosh rasmlari va o‘rta asrlarga tegishli bir yodgorlik qayd etildi. E’tiborli jihati shundaki, yodgorlik yonidan neolit davriga tegishli 15 ga tosh qurollar topildi. Ushbu mehnat qurollari jigarrang kremniy, xolsedon va kvars xomashyosidan yasalgan. Texnik tipologik belgilarga ko‘ra,
plastinka, uchirindi va mikroplastinka kabilar qayd etildi.
Chorvoqsoyda keng dala-qidiruv ishlari natijasida hududda 213 ta qoyatosh rasmlar qayd etildi va koordinatalari olindi. Rasmlarda asosan echki, tuya, ho‘kiz tasvirlari hamda ov jarayonlari, quyosh tasvirlari aks etgan.
Bundan tashqari Chorvoqsoyda ham neolit davriga tegishli, kremniy va kvars xom-ashyosidan yasalgan 21 ta tosh qurollari topib olindi.

Xolmatov A., Imomov A., Kandaxarov I., Tursunqulov F., Ruziboyev T.

Samarqand shahri hududida olib borilgan qutqaruv nazorat ishlari

“Arxeologiya merosi ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, inson faoliyatining barcha ko‘rinishlariga taalluqli hamda saqlanish holatidan qat’iy- nazar arxeologik, antropologik, etnografik qimmatga yoki o‘zga tarixiy, ilmiy, badiiy, madaniy qimmatga ega bo‘lgan joy, inshoot (asar), imorat, majmua (ansambl), ularning bo‘laklari, ular bilan bog‘liq hududlarda yer qazish, yer tuzish, qurilish, melioratsiya, xo‘jalik, yo‘lsozlik ishlarini va boshqa ishlarni bajarishda madaniy meros ob’yektlarini saqlash talablariga rioya qilinishi belgilangan. Xususan, bunday talablar birinchi navbatda tarixiy shaharlarda, jumladan Samarqandda ham amalga oshirilishi lozim hisoblanadi.
2023 yilda shaharning tarixiy va bufer qismlarida turli davrlarga oid madaniy qatlamlar saqlanganligi munosabati bilan bu yerda qurilish va xo‘jalik ishlarini amalga oshirishdan oldin bir qator arxeologik kuzatuv ishlarini olib borildi.










Qazuv va kuzatuv ishlari davomida shaharning turli qismlarida 20 ga yaqin arxeologik qutqaruv va nazorat ishlari olib borilib, tadqiqot natijalari madaniy meros agentligining Samarqand hududiy boshqarmasiga taqdim qilindi.
Aksariyat izlanishlar davomida shahar hududida Qoraxoniylar davri madaniy qatlamlari keng kuzatilib, aralash holatda antik, ilk o‘rta asr va so‘nggi o‘rta asr topilmalari ham qayd qilindi. Jumladan, Yusuf Xo‘ja Hamadoniy masjidining sharqida amalga oshirilgan kuzatuvlar davomida 2,10 chuqurlikda IX-XII asrlarga oid shisha, sopol buyumlar qoldiqlari, 20 ga yaqin Somoniy va Qoraxoniylar davriga oid mis tangalar qayd qilindi. Dastlabki tahlillarga ko‘ra, ushbu holat hududni ma’lum muddat orasida bir necha marotaba suv bosishi natijasida yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin. Bunday izlar 2019 yilda amalga oshirilgan va yuqoridagi transheyalardan 50-60 m shimolda joylashgan shurflarda ham kuzatilgan edi.

Saidov M., Rahimov K.

Sherozqala yodgorligidagi arxeologik nazorat va restavratsiya ishlari

Sheroz qal’a yodgorligi Samarqand shahridan 35 km uzoqlikda, Bulung‘ur tumani Bolg‘ali qishlog‘ining shimoliy tomonida, Eski Bulung‘ur arig‘ining chap qirg‘og‘ida joylashgan. Yodgorlik uchburchaksimon ko‘rinishga ega bo‘lib, shimol tomonga bir oz cho‘zilgan. Uning hozirgi kunda saqlanib qolgan maydoni taxminan bir gektarga yaqin. Hozirda qal’a mudofaa devorining tepasigacha saqlanib qolgan balandligi, Bulung‘ur arig‘i o‘zanidan hisoblaganda 20 m. ga teng.
Yodgorlikda dastlabki tadqiqotlar 1991 yilda olib borilgan. Qazuv ishlari 2019 yildan davom ettirib kelinmoqda.
2023 yilda tadqiqotlar birinchi (markaziy), ikkinchi (sharqiy) qazishmalarda restavratsiya (devorlarning nuragan joylarini ta’mirlash va xom g‘ishtlar terish) hamda konservatsiya (ta’mir qilingan devor ustilari va sufalarni birlamchi va ikkilamchi suvoq (mayin somonli loy bilan) qilish ishlari ko‘rinishida olib borildi.







Ikkita sazishmada ham nuragan devorlarni ta’mirlash, ya’ni xom gishtlar terish bilan birga devor va ularning yon atrofi hamda tepa qismi birlamchi (qattiq loy bilan) va ikkilamchi (mayin somonli aralashma loy) suvos qilindi.
Ishlar yakunida ta’mir va konservatsiya qilingan joylar sunggi kimyoviy qotirishga tayyor qilib quyildi

Suyunov S., Boliyev B.

Qizlartepa

Qizlartepa yodgorligi Samarqand shahri hududida saqlangan yirik arxeologik yodgorliklardan biri bo‘lib, u hozirgi Samarqand avtoshohbekati atrofida, Afrosiyob yodgorligidan shimoli-sharqda joylashgan.
Yodorlikning hozirgi saqlangan holati dunyo tomonlariga mos ravishda, kvadrat shaklda, o‘lchami tag asosi bo‘yicha 75×85 m, balandligi 30 m.ni tashkil etadi. Ark- atrofi mudofaa devori bilan o‘rab olingan qala ko‘rinishda, qala mudofaa devoriga nisbatan 5 m balandda joylashgan. Qalaning yuqori maydonchasi o‘lchami asosida 16×16 m.
Yodgorlik dastlab 1930 yillarda I.A. Suxarev tomonidan o‘rganilgan bo‘lib, u mudofaa devorining ichki qismiga tutashuvchi maydonchasida qazuv ishlarini olib borgan. Keyinchalik 1987 yilda E.Yu. Buryakov va T.I. Lebe-devalar tomonidan ro‘yxatga olingan. 1989 yilda esa T.I. Lebedeva tomoni-dan qazishma ishlari olib borilgan. I.A. Suxarev tomonidan olib borilgan qazuv ishlari natijasida ilk o‘rta asr-larga oid ikkita bulla qoldiqlari hamda«…Qudratlilar urug‘iga mansub …» sug‘d yozuvi bitilgan xum bo‘lagi ham aniqlangan.
1989 yildagi qazishmalarda esa yodgorlikning 3 ta qismida qazuv ishlari olib borilib, yodgorlik IV asrda shakllanganligi va xuddi shu davrda mudofaa devori bilan o‘rab olinganligi aniqlangan. Qo‘lga kiritilgan ma’lumotlar asosida Qizlartepa Samarqand hukmdorlarining shahar tashqarisidagi qarorgohlaridan biri bo‘lishi mumkin ekanligi borasida xulosaga kelingan.
2023 yilda yodgorlikda qazishma ishlari Samarqand arxeologiya instituti va Koreya madaniy meros fondi bilan birgalikdagi qo‘shma ekspedisiyasi tomonidan davom ettirildi. Qazuv ishlaridan oldin odgorlikning 3D topoplani vaGPR yordamidagi tasviri olindi.
Qazuv ishlari yodgorlikni yuqori maydonchasida boshlanib, 20×20 m o‘lchamdagi maydonni qamrab oldi. Qazuv ishlari davomida yuqori maydonchani shimoliy g‘arbiy qismida o‘lchami m 2,30 m bo‘lgan ikkita koridor qayd qilindi. Koridlor devorlari qalinligi 1,30 m ni tashkil etib, ostki qismi paxsadan, yuqori qismi esa 48x24x10 sm o‘lchamdagi xom g‘ishtdan ko‘tarilgan.
Qazishma davomida polga qadar tushilmagan bo‘lsada, koridorlar to‘lamida aniqlangan xom g‘isht o‘lchamlari, sopol parchalari hamda tangalar yordamida ilk o‘rta asrlarga oid ekanligi borasida xulosaga kelish mumkin.

Saidov M., Pak Chon Tek, Abdug‘aniyev A., Ochilov Sh.

Sulaymontepa nekropoli

Sulaymontepa nekropoli Samarqand viloyati, Urgut tumani tog‘li hududidagi nestorianlar monastiridan 240 m janubda joylashgan. Sulaymontepa monastiriI X-XIII asrlarga mansub bo‘lib, 2004-2008 yillarda tadqiq etilgan.
Nekropol janub shimol yo‘nalishida pasayib kelgan tepalik ustini qamrab olgan bo‘lib, 2022 yil boshida qiyalikning bir qismi buzilishi natijasida aniqlangan va radiuglerod tahlili natijasida IX-XI asrlar bilan sanalangan.
2022 yil kuz oyida Samarqand arxeologiya instituti va MOTHI ham-da AQSH, Qozog‘iston mutaxassislari bilan birgalikda qazuv ishlari olib
borilgan. Qazuv ishlari 22×7 m maydonda janub shimol yo‘nalishidagi uchta terrasada amalga oshirilib, 17 ta, 2023 yildagi tadqiqotlar davomida 7 ta qabr aniqlangan va ochib o‘rganilgan. Qabrlar g‘arbdan sharq tomon yo‘nalgan bo‘lib, 1,5 m chuqurlikda joylashgan.
Qabrlar sharqda qabr o‘rasi, g‘arb tomonda esa lahad joylashgan. Ular oralig‘i esa xom g‘ishtlar bilan
yopilgan. Qazishmalar davomida lahad va qabr o‘rasi sirtida qabrni qazish davomida ishlatilgan uskunalar izlari aniqlangan. Lahad sathiga tuproq
tashlanib, ustiga mayit qo‘yilgan.
Lahad tuynugi xom g‘isht bilan yopilgunga qadar mayit ustiga ham tuproq tashlangan.
Mayitlar chalqancha yotqizilgan bo‘lib, oyoqlari sharqga, boshi esa g‘arbga yo‘nalgan. Bosh ostiga tuproqdan yostiqcha qilinishi natijasida yuz qismi ozgina sharqga qaragan. Qo‘llari esa bel qismida bog‘langan. Qabrlarda dafn jihozlari kuzatilmagan .
Nekropol tuzilishi aniq tizim bo‘yicha, ya’ni setka ko‘rinishida joylashgan. Sharq g‘arb yo‘nalishida oralig‘i 1,5 m, shimol janub yo‘nalishida 1 m ni tashkil qiladi.
Dastlabki tahlillarga ko‘ra bu yerda IX- X asrlarda monastirda yashagan rohiblar dafn qilingan. Zero, qabrlardagi mayitlarning barchasi erkak jinsiga, aksariyat qismi yoshi katta insonlarga tegishli bo‘lgan. Taqqoslash uchun Markaziy Osiyoda qayd qilingan xristianlikning ushbu yo‘nalishiga oid qabristonlarda turli yoshdagi mayit qoldiqlari aralash holatda kuzatilgan. Faqatgina Sulaymontepa nekropolida mayitlar yosh va jins jihatdan alohida ekanligi aniqlangan.

Saidov M., D. Voyakin D., Xujamov S.,
Rashidov N.

Qo‘ytepa

Qo‘ytepa yodgorligi Samarqand shahridan 40 km janubi-sharqda, Pastdarg‘om tumani, Chandir qishlog‘i hududida joylashgan. Yodgorlikda qazuv ishlari 2008 yildan buyon Ya. Gʻulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti va Neapol Universiteti (Italiya) o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq O‘zbekiston-Italiya xalqaro ekspedisiyasi tomonidan o‘tkazib kelinmoqda.
Yodgorlikning umumiy maydoni 175×150 m.ga teng bo‘lib, 2,62 gektarni tashkil qiladi. Uning balandligi 9 metrdan ortiq.
Qo‘ytepa yodgorligi o‘troq dehqon va ko‘chmanchi chorvador madaniyatiga oid ikki xil turmush tarziga ega qadimgi aholi joylashgan katta hududning chegara qismida bunyod etilgan. Bir tomonda yirik Darg‘om va Eski anhor kanallari, ikkinchi tomonda hosildor sug‘orma dehqonchilik yerlari, u yerdagi mavjud turar-joy yodgorliklari mazkur hududni ko‘chmanchi chorvador va o‘troq dehqon aholi o‘rtasidagi chegara zonasi sifatida talqin qilish imkonini beradi.
Qo‘ytepaga o‘xshash yaxshi mudofaa tizimiga ega inshootlarni chegara postlari sifatida talqin qilish uchun asos bo‘ladi. Xaqiqatan ham Qo‘ytepa yodgorligi o‘z perimetri bo‘yicha mudofaa handag‘i va to‘rt tarafdan mudofaa devorlariga ega. Yodgorlikning asosiy qurilishlari yadrosi markazda joylashgan arkda bunyod etilgan. Ark janubiy mudofaa devori bilan eni 3 metrga teng ko‘tarma yo‘lak



orqali bog‘langan. Bu esa arkning kirish-chiqish kompleksi janub tomonda ekanligini ko‘rsatadi.
Qo‘ytepa mudofaa devorlari yaxshi saqlangan holda shimoliy devorning sharqiy qismi yer ishlari davrida
surib tashlangan. Yodgorlik mikrorelyefiga ko‘ra, qal’aning darvozasi aynan mana shu surilgan hududda bo‘lgan ko‘rinadi, chunki boshqa tomonlar devorlarida darvoza“izi” umuman mavjud emas.
O‘tgan qazuv ishlari davomida Qo‘ytepa madaniy qatlamlaridan olingan topilma va qayd etilgan me’moriy-qurilish qoldiqlari milodiy er. avv. II-I asrlar, milodiyIII asrlar bilan davrlangan.
2023 yildagi qazuv ishlari yodgorlikning shimoliy qismidagi tashqi va ichki devor o‘rtasida joylashgan koridorni ochish hamda unga aniqlik kiritishga qaratildi.
Pardayev M., Bruno J., Pardayev Sh.

Kofirqala(O‘zbekiston-Yaponiya)


Kofirqal’a yodgorligi Samarqand shahridan18 km janubi-sharqda, Darg‘om kanalining bo‘yida joylashgan.
2023 yilda O‘zbekiston-Yaponiya xalqaro ekspedisiyasi yodgorlikning shahriston qismida arxeologik qazishmalarni davom ettirib,
natijada bir qator xonalar o‘rni ochib o‘rganildi, ularning qurilish me’morchiligi, shakllanishi va
rivojlanish bosqichlari borasida muhim ilmiy yangiliklar qo‘lga kiritildi. Arxeologik qazishma
ishlari shahristonning ikki joyida amalga oshirildi (5-qazishma va 9-qazishma).
Shahristondagi 5-qazishma shahar arkining shimoli-g‘arbida joylashgan bo‘lib, 2022 yilda ushbu joyda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida bu yerdan boy savdogar yoki zodagonning saroyi ochib
o‘rganilgan edi. Ushbu saroy kvadrat shaklda, dunyo tomonlari yo‘nalishini hisobga olgan holda bunyod etilgan. O‘lchami10,3×10,35 m. 2023 yildagi arxeologik qazishma ishlari saroyning janubida, ya’ni mazkur saroyga tutash bo‘lgan xonalarda olib borildi. Natijada, ilk o‘rta asrlarga oid bo‘lgan ikkita xonaning o‘rni to‘liq ochib o‘rganildi. Bunda ikkinchi xona birinchi xonaning, ya’ni saroyning janubiy tomonida joylashgan bo‘lib, to‘g‘ri to‘rtburchak shaklda, sharqdan g‘arbga qarab cho‘zilgan. Ushbu xona saroyning janubi-sharqiy tomonida joylashgan eshik orqali o‘zaro bog‘langan. Mazkur xonaning janubiy va g‘arbiy devorlariga taqab supa qurilgan. Xona devorlari paxsa blok va xom g‘ishtlar yordamida ko‘tarilgan va somon aralashgan loy yordamida suvalgan.
2-xonaning janubi-g‘arbiy burchagida uchinchi xona bilan o‘zaro bog‘langan eshik o‘rni qayd etildi. Mazkur eshikning ikki yonida xom g‘ishtli devor saqlanib qolgan, bu holat eshikning tomi ravoqsimon(arka) ko‘rinishda yopilganligidan dalolat beradi.

Uchinchi xona ham to‘g‘ri to‘rtburchak shaklda qurilgan, uning shimoli-sharqiy tomonida supa o‘rni qayd etildi. 5-qazishmada olib borilgan arxeologik tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, xonalar devorlari VII-VIII asrlarda kuchli yongan olovdan keyin, binoda qayta ta’mirlash ishlari olib borilgan. Ammo VIII asrga kelib kuchli zilzila natijasida ushbu xonalar jiddiy zarar ko‘rgan va bir muncha vaqt tashlab ketilgan. Ikkinchi qurilish davri IX-X asrlar bilan davrlanadi va bu davrga oid shisha buyumlar ham qayd etilgan. Uchinchi qurilish davriga oid xonalar devorlari, pollar, o‘choqlar va o‘ralar ochib o‘rganilgan bo‘lib, ular XI-XII asrlar bilan davrlanadi. To‘rtinchi qurilish davri XVI-XVIII asrlarga oid bo‘lib, bu davrga oid bo‘lgan o‘choq va o‘ralar qoldiqlari qayd etilgan.
9-qazishma shahar arkining g‘arbida, uning shahriston qismida joylashgan bo‘lib, o‘lchami 6×10 m. 9-qazishmada ikkita xonaning o‘rni qayd etildi, ular sharqdan g‘arbga qarab cho‘zilgan. Mazkur xonalar devorlari paxsa blok yordamida ko‘tarilgan. Xona ichida o‘rta asrlarga oid bo‘lgan sopol idish bo‘laklari qayd etildi.

Berdimurodov A., Bogomolov G.I., Hirofumi Teramura., Begmatov A., Sandiboyev A.N.

Kofirqala(O‘zbekiston-Italiya)


O‘zbekiston-Italiya xalqaro qo‘shma ekspedisiyasining 2023 yildagi arxeologik qazishma ishlari shahriston va shahar tashqarisidagi nausda olib borildi. Jumladan, shahristonda o‘lchami 20×20 m maydonda planigrafik qazishma ishlari olib borilib, bunda qoraxoniylar davriga oid bo‘lgan qora uy(chayla) hamda tandir va o‘choq o‘rnilari ochib o‘rganildi. Qazishma maydonida 5 ta tandir qayd etilgan bo‘lib, ular yumaloq shaklda, diametri 60 sm, chuqurligi 40-45 sm. ni tashkil etadi Mazkur tandirlarning yon tomonida supa joylashgan. Qazishma maydonida XI-XII asrlarga oid bo‘lgan sopol idish bo‘laklari qayd etildi.
Shuningdek, yodgorlikning ark, shahriston va kuzatuv minoralarida stratigrafik qazishma ishlari olib borildi. Natijada, yodgorlikning ark va shahriston qismi milodiy V-VI asrlarda shakllanganligi, turar joylar platforma ustiga qurilganligi, VII-VIII asrlarga kelib bu yerda qo‘shimcha ta’mirlash ishlari amalga oshirilganligi ma’lum bo‘ldi. Bunda shaharning ark, shahriston, rabodda materik ustiga yotqizilgan kul rangli paxsa platforma tagkursi mavjudligi, kesmada uning balandligi 0,3—1,95 m. ga teng ekanligi aniqlandi. Ya’ni, Kofirqal’a ilk o‘rta asrlarda O‘rta Osiyo shaharlariga xos bo‘lgan tabiiy tepalik ustiga qurilganligi borasida yangi ma’lumotlar olindi.
Kofirqal’a arkining janubida joyashgan aloxida tepalikda olib borilgan arxeologik qazishma ishlari davomida bu yerda ilk o‘rta asrlarga oid naus qoldiqlari qayd etildi. Mazkur tepalik to‘g‘ri to‘rtburchak shaklda bo‘lib, tarhi 10×18 m, balandligi esa 4 m. ni tashkil etadi. Qazuv ishlari natijasida tabiiy tepalik ustiga platforma qurilganligi va uning ustida paxsa orqali naus-dahma devorlari xosil qilinganligi ma’lum bo‘ldi. Dahma 3 xonadan iborat bo‘lib, janubda asosiy xona hamda uning shimol tomoniga taqab qurilgan ikkita qo‘shimcha xonalardan iborat. Xona devorlari paxsa va xom g‘ishtlar yordamida ko‘tarilgan.

Dahma atrofidan VII-VIII asrlarga oid bo‘lgan sopol idishlar, ostadon bo‘laklari qayd etildi. Shuningdek, qazishmalar davomida 30 dan ortiq bo‘lgan qabr o‘rni ochib o‘rganildi. Qabrlarning o‘lchami esa 1,90×30 sm, chuqurligi 52 sm. ga teng. Ya’ni, Kofiqal’a yaqinidagi dahma-naus VII-VIII asrlarda faoliyat ko‘rsatgan, VIII asr oxirlarida o‘z faoliyatini to‘xtatgach, keyingi dafn marosimlari islom an’analari asosida amalga oshirilgan.

Berdimurodov A., Simone Mantellini, Xujamov S., Sandiboyev A.N.

Samarqand viloyati hududida olib borilgan dala qidiruv ishlari

Samarqand viloyati hududida arxeologik yodgorliklarni aniqlash, ularni xaritalash maqsadida 2000 yildan boshlab Samarqand arxeologiya instituti va Italiyaning Bolonya universiteti tomonidan tashkil qilingan O‘zbekiston-Italiya ekspedisisiyasi faoliyat ko‘rsatmoqda.
Joriy yilda dala qidiruv ishlari Samarqand viloyati Nurobod tumanining g‘arbiy hududida 35 km2 ga yaqin bo‘lgan maydonda olib borildi.
O‘rganilayotgan hudud tog‘ yon bag‘irlari, tutash bo‘lgan tog‘ oldi etaklari va tekislik yer maydonlaridan iborat bo‘lib, dengiz sathidan taxminan 800-1000 m gacha bo‘lgan balandlikdagi joylarni qamrab olgan.
Ishda qo‘llanilgan metod (uslub) 2021 va 2022 yillardagi tadqiqot usuli bilan bir xil bo‘lib, tadqiqotlar bir-birini to‘ldiruvchi ikkita yo‘nalishda olib borildi.
Birinchi yo‘nalishda arxeologik yodgorliklarni masofaviy zondlash orqaliamalga oshirish;


Ikkinchi yo‘nalish bevosita dala qidiruv ishlari davomida yodgorliklarga oid maʼlumotlarni aniqlash hisoblanadi.
O‘tkazilgan arxeologik qidiruv tadqiqotlari natijasida 101 ta yodgorlik qayd etildi va tavsiflandi. Aniqlangan yodgorliklardan bittasi g‘or bo‘lib, u yerdan bir necha sopol bo‘laklari yig‘ib olindi. Shu bilan birga, yangi yodgorliklar qayd qilinib, ro‘yxatga olindi. Bundan tashqari 97 ta mozorqo‘rg‘on va 7 ta alohida joylashgan yodgorliklar qayd etildi.

Suyunov S. , Mantellini S.

Oqdaryo tumanida olib borilgan dala qidiruv ishlari


Madaniy meros agentligi Samarqand arxeologiya instituti va Koreya Respublikasi «Koreya madaniy meros fondi» tomonidan Samarqandning madaniy turizm resurslarini rivojlantirish va salohiyatini oshirish” O‘zbekiston-Koreya loyihasining (ODA (rasmiy rivojlanish ko‘magi) Samarqand madaniy merosi bo‘yicha maʼlumotlar bazasini yaratish hamda ayrim arxeologiya obyektlarni 3D o‘lchamlarini olish borasidagi vazifalarini bajarish doirasida Oqdaryo tumanida arxeologik yodgorliklarini ro‘yxatga olish ishlari olib borildi.



Tuman hududidagi yodgorliklarni xatlovdan o‘tkazish bo‘yicha tadqiqotlar 1980, 2000 yillarda o‘tkazilgan. 2020 yilda kompleks qidiruv ishlari davomida antik, ilk, o‘rta va so‘nggi o‘rta asrlarga oid 202 ta yodgorlik yaʼni: turar joy manzilgohlari, qalʼa va qo‘rg‘onlar, qishloq hamda shahar xarobalari o‘rganilib xaritaga tushirilgan va ularning katalogi nashr etilgan.
Joriy yildagi dala qidiruv ishlari davomida tumanda180 ta arxeologiya yodgorligi qayta xatlovdan o‘tkazildi. 10 dan ziyod, jumladan Ulkantepa, Yo‘ltepa, Qo‘shtepa, Bolg‘alitepa, Ikkiqoritepa,Uchtepa1 kabi arxeologiya yodgorliklarini fotogrammetriya uslubidan 3D maketi yaratildi. Bundan tashqari 10 dan ziyod yangi arxeologiya yodgorliklari ro‘yxatga olindi.

Saidov M., Pak Chon Tek, Amanov S