O‘zbekistonlik arxeologlar Qozog‘istondagi xalqaro qazishmalarda ishtirok etmoqda

Uncategorized

O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi huzuridagi Samarqand arxeologiya instituti xodimlari Aysuluv Iskandarova va Niyoz Rashidov Qozog‘iston Respublikasining Qizilo‘rda viloyatida joylashgan Jankent qadimiy shahar xarobalarida olib borilayotgan xalqaro arxeologik tadqiqotlarda qatnashishmoqda.
 
Mazkur ekspeditsiya Xalqaro Turkiy akademiyasi ko‘magida va Qo‘rqit ota nomidagi Qizilo‘rda davlat universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan bo‘lib, u turkiy dunyoga mansub o‘rta asrlar davridagi moddiy va ma’naviy merosni chuqur o‘rganishga qaratilgan.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *