Madaniy meros obyektlari bilan bir qatorda bugungi kunda o‘tmishdan so‘z ochuvchi arxeologik yodgorliklarining soni ortib bormoqda. Tarixiy tepalik va arxeologiya obyektlarida qazishma ishlarini olib boruvchi arxeolig olimlarning mashaqqatli mehnatlari sharofati bilan qanchadan-qancha mamlakatimiz boy ilmiy va madaniy merosiga daxldor o‘tmish solnomasi qayta tiklanib bormoqda.
Joriy yilning 15-avgust kuni Madaniy meros agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Tursunali Kuziyev ishtirokida Samarqand arxeologiya institutida soha xodimlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbir so‘nggida Agentlik rahbariyati sana munosabati bilan institut xodimlarini samimiy qutlab, yurtimiz arxeologiyasi rivojiga katta hissa qo‘shgan bir guruh olim va tadqiqotchilarni faxriy yorliqlar bilan taqdirladi

