
Samarqand arxeologiya instituti hamda Samarqand davlat universiteti bilan hamkorlikda Institutning “Tosh davri arxeologiyasi” bo‘limining yetakchi ilmiy xodimi B.Q. Sayfullayev boshchiligidagi guruh joriy yilning 19-aprelidan Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani Kichik Vaxshivor qishlog‘i hududlarida arxeologik qidiruv ishlarini olib bormoqda. Olib borilgan ishlar natijasida Kichik Vaxshivor qishlog‘idan neolit davriga oid makon aniqlanib, dastlabki qazuv ishlari olib borilmoqda.
