Samarqand arxeologiya instituti va Madaniy meros agentligi vakillari Janubiy Koreyaning arxeologik yodgorliklari bilan tanishdi

Uncategorized

Samarqand arxeologiya instituti va Madaniy meros agentligi vakillaridan iborat guruh a’zolari 1 may kuni Janubiy Koreyaning Kyonju shahridagi Bulguksa va Seokguram ibodatxonalari hamda VII asrda qurilgan Chxomsonde observatoriyasi, Kyunju qasri va ibodatxonasi kabi arxeologik yodgorliklari bilan tanishildi. Shuningdek, Kyunju milliy muzeyiga qilingan tashrif davomida muzey direktori  va shahar hokimi o‘rinbosari  bilan arxeologiya sohasida qilinadigan  ilmiy hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Ma‘lumot uchun. Kyondju shahri ilk o’rta asrlarda birlashgan Silla davlatining poytaxt shahri bo‘lib, hozirgi kunda shahardagi ko’plab yodgorliklar YUNESKO muhofazasiga olingan. 2013 yildan boshlab Samarqand shahri bilan birodarlik aloqalarini o‘rnatgan.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *